(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Vaqtingizni sotib olaman, otajon

  • 2033
  • 2033
Jamiyat
Dekabr12/ 2016

– Otajon, bir soatda qancha pul topasiz?

Ishdan qaytgan otasini o’g’li eshik oldida shu savol bilan kutib oldi. Keyin salom berishni unutgani esiga tushib shosha-pisha:

–     Assalomu alaykum! – dedi.

 

Ota oldiniga hayron bo’ldi. Keyin o’g’lining boshini silab, kuldi:

– Qancha pul topishimni hatto onang ham bilmaydi.

Bu muomala bolaga jur`at berdi, erkalandi:

– Aytaqoling!

Ota jiddiylashdi:

– Nimaga so’rayapsan? Birortasi bilib ber, dedimi?

Bolaning ko’zlari javdiradi:

– Yo’o’o’q…

– Ellik ming, bo’ldimi?

Bola bir oz o’ylandi, keyin jiddiylashdi:

– Menga o’ttiz ming berib turing.

Ishdagi asabbuzarliklardan charchab kelgan ota baqirib berdi:

– Shuning uchun hali uyga kirmasimdan so’roqqa tutayotganmiding?! Bor, o’yna, qaytib bunaqa bema`ni savollar bilan boshimni og’ritma!

O’g’li mung’ayganicha xonasiga kirib ketdi. Bir ozdan keyin ota o’ziga keldi va o’ylay boshladi: «Bekor baqirdim. Balki birorta kerakli narsa olmoqchidir?» Shu xayol bilan cho’ntagiga pulini solib, o’g’lining xonasiga kirganida, bola ko’rpasiga o’ranib yotardi.

– Uxlamayapsanmi, o’g’lim?

– Yo’q, ota, – javob berdi bola.

– Mana, ol, so’raganing…

Bola sakrab o’rnidan turdi, ko’zlari quvonchga to’ldi, otasining bo’ynidan quchoqladi:

– Rahmat, otajon!

Keyin yostig’i tagidan g’ijimlanib ketgan pullarni oldi, hozirgina berilganlarini qo’shib, qaytadan hisobladi:

– Mana, endi yetadi!

Keyin pullarni hayron qarab turgan otasiga uzatdi:

– Otajon, mana, ellik ming so’m bo’ldi. Bu – sizga! Endi men bilan gaplashishga, o’ynashga bir soat vaqtingizni ajratasizmi?!…

 

Rustam OXUNJONOV

Teglar:

Foydali havolalar