(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Nodavlat ­tashkilotlar oav kuchiga muhtoj

  • 2037
  • 2037
Jamiyat
Dekabr20/ 2016

Ayni paytda dunyoda yirik nodavlat notijorat tashkilotlar ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikda ish olib borib, o’z faoliyatini keng targ’ib etmoqda. Bu orqali aholining keng qatlamlarini qamrab olishga erishmoqda. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, bugungi kunda nodavlat tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlarda ham o’z sahifalarini tashkil etayotgani ularning tar­g’ibotini yanada kengaytirmoqda.

 

yirik nodavlat tashkilotlar qoshida tuzilgan matbuot xizmatlari ijtimoiy tarmoqlarda samarali ish olib borayotgani tufayli aholida nodavlat tashkilot haqida aniq tassavur paydo bo’lmoqda.

Biroq «uchinchi sektor» vakillarining barchasida ham alohida matbuot xizmatini tashkil etish imkoni yo’q. Negaki, bu muayyan mablag’ talab etadi. Shu nuqtai nazardan mutaxassislar kichik NNTga ijtimoiy tarmoqlar orqali, mus­taqil holda targ’ibot ishlarini olib borishni maslahat bermoqda.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish juda sodda. Buni bir vaqtning o’zida bir necha tarmoqda amalga oshirish mumkin. Bu yerga tashkilot logotipi, uning faoliyati va eng muhim loyihalari borasidagi ma`lumotlarni joylashtirish imkoni mavjud.

Ekspertlar ijtimoiy tarmoqlarda yana ayrim ma`lumotlarni o’z vaqtida joylashtirib borish muayyan loyihaning qamrovini kengaytirishga xizmat qilishini aytmoqda. Jumladan, o’tkazilgan va o’tkaziladigan tadbirlar xususida axborot joylashtirish, ayniqsa, bu fotolavha shaklida berilishi uning ta`sirchanligini oshiradi. Shu bilan birga, tashkilotning ko’ngilli a`zolari mazkur axborotlarni tarqatishda ko’maklashishi yaxshi samara beradi. Bunday mexanizm or­qali tashkilot jamoatchilik e`tiboriga tushadi.

Bundan tashqari, yangi va qiziqarli ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish, bu haqida ijtimoiy tarmoqlarga ma`lumot joylab borish lozim.

Sahifani tashkil etish jarayonida qulay, ixcham kalit so’zlarni kiritish zarur. Bu sahifani topish imkoniyatini yanada oshiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyasi katta bo’lgan sahifalar bilan hamkorlik qilish ham yaxshi samara beradi.

– Bugungi kunda xayriya tashkilotlar faoliyatida jamoatchilikning ishtiroki, qo’llab-quvvatlashi juda muhim hisoblanadi, – deydi Rossiyadagi «Viktoriya» bolalar xayriya fondining kommunikatsiya xizmati rahbari Tatyana Medyux. – Albatta, ancha yillardan buyon dunyoda nodavlat tashkilotlar uchun OAV muhim minbar edi. OAV orqali muayyan muammoga e`tiborni qaratish oson. Biroq «uchinchi sektor» vakillari hamisha ham jurnalistlarga murojaat etolmaydi. Shuningdek, nufuzli nashrlarda «uchinchi sektor» faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy materiallar kam uchraydi.

Aytish mumkinki, nodavlat tashkilotlar hamisha jamoatchilik ko’z o’ngida bo’lishi uchun hisobot taqdim etib borishi muhim hisoblanadi. Bu faoliyatning shaffofligini ta`minlaydi, ko’ngillilar safini kengaytiradi. Ayniqsa, ma`lum fond ijtimoiy hayotda qancha faol bo’lsa, xayriya mablag’larini shuncha ko’p jalb etish imkoniga ega bo’ladi.

– Bu jarayonda fondlarning matbuot xizmatlariga ulkan vazifa yuklatiladi, – deydi Tatyana Medyux.Tashkilot imiji ko’p jihatdan aynan unga bog’liq. Matbuot xizmati avvalo, xayriya loyihalari va dasturlari bilan tanishtirishi o’rinlidir. Bundan tashqari, barcha tayyorlangan press-reliz, qisqacha axborotlar jurnalistlar uchun tushunarli bo’lishi zarur. Zero, barcha jurnalistlar ham «uchinchi sektor» faoliyati haqida keng tushunchaga ega, deb bo’lmaydi.

NNT xodimlari jurnalist­lar bilan mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yishi, tahririyatning so’rovlariga tez va sifatli javob qaytarishi shart.

Zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishni davrning o’zi taqozo etmoqda. «Uchinchi sektor» vakillari ham ana shunday qulayliklardan foydalanishi faoliyatini kuchaytirish, yanada jonlantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, o’z safiga ko’plab ko’ngillilarni jalb etish imkonini beradi.

 

Internet materiallari asosida

Rufat NEMATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar