(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Fitodizayn – ­atrof-muhit va ­salomatlik garovi

  • 2046
  • 2046
Jamiyat
Dekabr26/ 2016

Qarshi shahridagi ­­8-maktab hovlisiga qadam qo‘ysangiz, xushhavo go‘shaga tushib qolganingizni his qilasiz. Yo‘lak va deraza tokchalaridagi yashnab turgan gullar kishiga xushkayfiyat ulashadi.

 

2014 yilda Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondining granti asosida «Sog’­lom hayot» jismoniy va ruhiy sog’liqni himoya qilish va tiklash markazi maktab binosida estetik go’zallik baxsh etuvchi, shu bilan birga, yoqimli, xushhavo muhit yaratishga erishdi. Sinf­xonalarda kasallik qo’zg’atuvchi mikrob, zaharli gazlar miqdori sezilarli darajada kamaydi. O’quvchilarning, ayniqsa, nafas yo’llari va bosh­qa yuqumli kasallik bilan xastalanishi deyarli kuzatilmadi. O’quvchilarda toliqish, charchoq, xorg’inlik o’rnida tetiklik, faollik, e`tibor va ishonch ortgani ko’zga tashlandi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko’ra, havo tarkibidagi zaharli gazlarni yutish, ya`ni zararli moddalar bilan bulg’angan havodan nafas olish orqali har yili jahonda millionlab kishi turli xastalikka chalinadi. Maktab, bolalar bog’chasi, polik­linika, shifoxona, ya`ni yopiq bino va xonalar havosi sifatining buzilishi bunda asosiy omil sanaladi. Ayniqsa, uy yoki ishxonada turli-tuman qurilish materiallari xomashyosidan (DSP, DVP, linolium, laminat, bo’yoq va boshqalar) foydalanishimiz, sintetik gilamlar havo muhiti sifatining buzilishiga sabab bo’lmoqda. Ana shunday holatlarning oldini olish uchun tevarak atrof musaffoligini mo’`tadillashtiruvchi muhit yaratish muhim ahamiyatga ega.

Aytish kerakki, ushbu nodavlat notijorat tashkilotining bundan avval amaliyotga tatbiq etgan «Qarshi shahri va uning atrof hududlarida yashovchi bolalikdan miya falaji (DSP) va boshqa tayanch harakatlar hamda tizimlari buzilgan nogironlar uchun ippoterapiya (ot harakati yordamida shifo olish) xizmatini tashkil etish va u orqali nogironlarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy muhitga moslashtirish» loyihasi ham ijobiy samara bergandi. Shuningdek, «Qarshi shahridagi «Muruvvat» uyi binosida fitodizayn tashkil etish – xonalar havosini mo’`tadillashtiruvchi va sog’liqni ehtiyotlovchi alternativ usul» loyihasida ko’zda tutilgan vazifalar hamon «Muruvvat» uyi tarbiyalanuvchilarining sog’lig’ini himoya qilish va tiklashga xizmat qilayotir.

Yaqinda markaz «Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini hal etishda aholi, NNT, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish» mavzusidagi tanlovda ishtirok etib g’olib bo’ldi. Qarshi tumanidagi Ko’chkak qishlog’ida joylashgan 3-maktabda atrof-muhitni mo’`tadillashtirish va sog’lom muhit yaratish evaziga o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, profilaktika qilish va ekologik tarbiyani kuchaytirishga qaratilgan loyihani amalga oshirishga kirishildi. Ayni payt­da qishloq maktabida fitonsidli va zaharli gazlarni o’ziga yutuvchi o’simliklardan iborat MEF – dizayn yaratish bo’yicha amaliy tadbirlar boshlab yuborilgan. Bunday tadbirlar o’quvchilarda nafaqat tabiatga, uning ne`matlariga muhabbat, balki ularni ehtiyotlash, asrab-avaylash, ko’paytirish tuyg’ularini ham uyg’otadi. O’quvchilar ekologik toza muhit sog’liqni mustahkamlashga xizmat qilishini yanada chuqurroq anglab yetadi. Kelgusida atrof-muhit mo’`tadilligi va ekologik sog’lom muhit yaratish, maktab havosini tozalashda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish, ta`lim-tarbiyani kuchaytirish borasida yo’l-yo’riqlar ko’rsatish, yo’llanmalar berishga qaratilgan axborot-targ’ibot ma`lumotnomalar chop etilishi ko’zda tutilgan.

– Fitonsidli va zaharli gazlarni o’ziga so’ruvchi o’simliklardan iborat fitodizayn atrof-muhit mo’`tadilligi va sog’liqni saqlashda o’ziga xos muhit yaratadi, – deydi NNT rahbari Bahodir Tilakov. – Chunki bunday muhit bakteriya va viruslarni o’ldirib, immunitetni ko’taradi, yurak va muskullar ishini yaxshilaydi. O’quvchilar organizmini noxush, zaharli gaz va kasallik qo’zg’atuvchi yuqumli mikroblardan himoya qiladi. Tetiklik, ko’tarinki kayfiyat, dadillik, ishchanlik paydo bo’ladi. Yana muhim jihati shundaki, bu orqali maktabda o’quv jarayoni, tibbiy-epidemiologik profilaktika ishlari sifatining oshishiga erishiladi.

 

Gulruh JO‘RAYEVA,

Ekoharakatning Qashqadaryo viloyati

hududiy bo‘linmasi koordinatori

Teglar:

Foydali havolalar