(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Nodavlat notijorat tashkilotlar yetakchi kuch

  • 2082
  • 2082
Jamiyat
Dekabr30/ 2016

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan «Nodavlat notijorat tashkilotlari rivojlanishining ustuvor vazifalari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zNNTMA faollari, mintaqaviy resurs markazlari rahbarlari, ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi ­Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishdagi hamda Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi ma`ruzalaridan kelib chiqib NNT oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturiga takliflar ishlab chiqildi.

– Tadbir doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki bo’yicha o’zaro fikr almashdik, – deydi O’zNNTMA Kengashi raisi Abdumajid Karimov. Aytish joizki, qonunlar mukammal, hayotiy bo’lishi uchun ularning loyihalarini aholining keng qatlamlarini jalb etgan holda jamoat ekspertizasidan o’tkazish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur jarayonda «uchinchi sektor» vakillarining faol bo’lishi huquqiy hujjatlar sifatini, mukammalligini kuchaytiradi.

Davra suhbatida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturiga NNT tomonidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, ular uchun yangi-yangi ta`lim-tarbiya, madaniyat, san`at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta`minlash, tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish borasida takliflar bildirildi. Shuningdek, odamlar hayotidagi muammolardan doimo xabardor bo’lish, mavjud masalalarni bajarish yuzasidan aniq mexanizmlar joriy etishda NNTning faolligi talab etilishi ta`kidlandi.

Davra suhbatida 2017 yil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va gumanitar rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishda NNT va davlat organlari o’rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo’yicha Qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi loyihasi bo’yicha ham o’zaro fikr almashildi. Loyihada nodavlat tashkilotlar oldida turgan mavjud muammolar, ularning yechimiga alohida urg’u berilgan. bildirilgan takliflarda aytilishicha, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan nodavlat tashkilotlarga xayriya yordamlarini ko’rsatish borasidagi ishlar qoniqarli emas. Shu bois, amaldagi qonunchilikni ko’rib chiqish, xayriya yordamini ko’rsatgan tashkilotlarga soliq imtiyozlarini kengaytirish lozim. Bundan tashqari, NNT faoliyatiga doir ijtimoiy roliklarni tayyorlash, telekanallarda efirga uzatish bilan bog’liq ayrim muammolar ham bor. Zero, ularning hayotida OAVning muhim hamda mus­tahkam o’rnini e`tiborga olgan holda «Reklama to’g’risida»gi Qonunga NNT va OAV vakillariga nisbatan imtiyozlarni yanada kengaytirish taklif etilmoqda. Bu esa, aholiga «uchinchi sektor» hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar xususida tezkor axborot yetkazish imkonini beradi.

Davra suhbatida O’zNNTMAning faol xodimlari, resurs markazlari va ekspertlari taqdirlandi.

 

Eldor MATMUSAYeV,

O’zNNTMAning Farg’ona viloyat

resurs markazi rahbari:

— «Uchinchi sektor» faoliyatini zamon talablariga mos ravishda doimiy rivojlantirib borish kerak. Aytish o’rinliki, mamlakatimizda davlat tomonidan jamoat tashkilotlari samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit yaratilgan. Ana shunday imkoniyatlardan foydalanib, NNT yetakchi kuchga aylanishi ayni muddaodir. Tashabbuskor, faol bo’lish, aholining barcha qatlamlariga kirib borishni zamonning o’zi talab qilmoqda.

 

Sanjar RO’ZIYeV,

O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari

milliy assotsiatsiyasi guruh rahbari:

O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi o’z atrofida 570 dan ortiq faol a`zoni birlashtirgan katta tuzilma sanaladi.

Bugungi kunda nodavlat tashkilotlar vakillarining malakasini oshirish bo’yicha ta`lim muassasasi yoki o’quv kursi yo’q. Ko’p hollarda ular zarur bilimni mustaqil egallashga harakat qiladi. Afsuski, bu sohani yanada chuqur o’rganish imkonini bermaydi. Shu bois ham O’zNNTMA bu borada oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda.

Assotsiatsiya faollari, resurs markazlari rahbarlari, ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan 2017 yil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va gumanitar rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishda NNT va davlat organlari o’rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi loyihasiga bildirilgan takliflar dastur sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Faoliyatimizdagi ayrim kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi.

 

Dilmurod ERNAZAROV,

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi:

– Hozirda fuqarolik jamiyati rivojida muhim o’rin tutayotgan NNT mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo’shmoqda. Ular eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz hayotiga kirib borayotgani ijtimoiy masalalarga maqbul yechim bo’lmoqda. Ayniqsa, fuqarolik jamiyati institutlarining mazkur bo’g’ini aholining turli qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlariga yaqindan ko’maklashmoqda.

Xususan, ularning nogironlar, boquvchisini yo’qotgan oilalar, qariyalar, nafaqaxo’rlar, ehtiyojmand qatlam vakillariga ijtimoiy yordam ko’rsatish, xotin-qizlar hamda bolalar manfaatini himoya qilish va huquqlarini ta`minlash, hududlarda sportning barcha turlarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini asrash yo’lida olib borayotgan ishlari shular jumlasidandir.

Rufat NE`MATOV,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar