(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

O‘zbek tilida so‘z kammi?

  • 2137
  • 2137
Jamiyat
Dekabr06/ 2017

«O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Buni eslatishga aslida hojat yo‘qdek. Ammo poytaxtimizdagi ayrim kafe va restoranlarga berilayotgan nomlarni kuzatib, ular haqida bir-ikki og‘iz mulohaza yuritishni lozim topdik.

 

 

Oshxona, do’kon, turli xizmat ko’rsatish shoxobchalarining peshlavhalari o’zbek tilida yozilishi kerakligi, ularni bir qarashda hech qanday ma`no anglatmaydigan xorijiy so’zlar bilan nomlashdan qochish haqida matbuotda ancha-muncha bong urildi. Bugun ana shu chiqishlar ham o’z dolzarbligini yo’qotgandek, odamlar bu holga e`tirozsiz ko’nikkandek taassurot uyg’onadi. Chunki, o’ntadan besh holatda chet tilidagi so’z bilan yozilgan bino peshlavhasiga duch kelasiz. Biz yana shu mavzuni ko’tarib, o’quvchini zeriktirmoqchi emasmiz, aksincha, tobora urchib borayotgan «til ijodkorligi»ga befarq­lik haqida fikr yuritmoqchimiz.

 

«Tandыrbek»

nima degani?

 

Poytaxtimizning Shayxontohur ko’chasida joylashgan «Tandыrbek» restorani ma`muriyati nom tanlashda maktabni zo’rg’a bitirgan «mutaxassis»ga murojaat etgan ko’rinadi. Aks holda o’zbek va rus tillarining imlo qoidalari qo’pol ravishda buzilmagan, sun`iy so’z o’ylab topilmagan bo’lar edi. «Tandыrbek» nimani anglatadi, uning ma`nosi qanday? Har holda restoran egasining ismi shunday bo’lmasa kerak! Bu ham o’zbek tiliga, ham rus tiliga bo’lgan hurmatsizlikdan bosh­qa narsa emas, bizningcha.

 

«UZBECHKA» qanday

ma`noni anglatadi?

 

Chilonzor tumanida joylashgan «UZBECHKA» restorani yonidan o’tishga ochig’i uyalasan kishi. Majmua barcha qulayliklarga ega, juda chiroyli binoda joylashgan. Ammo nom tanlashda qaysi mantiqqa suyanilganini o’ylab, o’yingizga yetolmaysiz. «UZBECHKA» so’zini ruschadan o’zbek tiliga tarjima qilsangiz «o’zbek ayol(i)» degan ma`noni beradi. Majmua taomnomasiga ko’z yugurtiramiz, bu yerda asosan o’zbek milliy taomlari tayyorlanar ekan. Demak, ularni o’zimizning pazanda ayollarimiz pishiradi. Agar majmua ma`muriyati aynan shunga urg’u bermoqchi bo’lgan bo’lsa, unda nom tanlashda biroz e`tiborliroq bo’lishlari lozim.

Aslida so’zning mazmuniga e`tibor bermay, bunday nomlarni o’ylab topayotganlarga nisbatan millatni tahqirlash, o’zbek ayollarining ustidan kulishdek jiddiy ayblov qo’yish mumkin. Biroq ishonamizki, majmua mutasaddilari ko’nglida bunday kir niyat bo’lmagan. Ular shunchaki jarangdorroq nom qidirgan bo’lishi mumkin.

«La Piola» fransuzchami

yoki o’zbekcha?

 

Mirobod tumanidagi, Avliyo­ota ko’chasida joylashgan «La Piola» restorani mutasaddilari o’ylab topgan so’z bir kun kelib nafaqat o’zbek, balki fransuz tili lug’atidan ham joy olsa ajabmas. Lekin uning ma`nosi qanday ekanini o’zbek bo’lib biz tushunmayapmiz, fransuz tili akademigi ham tushuntirib berolmasa kerak. Negaki, fransuzlar (yurtimizga bo’lgan sayyohlarni hisobga olmasa) piyolamiz nimaligi, qanday buyumligini bilishmasa kerak. O’zbek tilida esa «piola» so’zini «piyola» deb tushunish mumkindir, ammo «La» degani nimani anglatadi?

Maishiy xizmat ko’rsatish maskanlarining kimgadir oddiydek tuyulgan bunday nomlanishi zamirida tilimizga bo’lgan nopisandlik, masalaga jamoatchilikning bee`tibor qarashi yotibdi, deyishga to’la asos bor. Yo’qsa, «DASTARXAN» – «Dasturxon», «NAVVAT» – «Nov­vot», «ChAYXANA» – «Choyxona», «OMAR KXAYYAM» – «Umar Hayyom» (shu singari yana boshqa bir qancha kafe-restoranlar) shaklida yozilgan bo’lardi.

O’zbek tili millatning umummilliy boyligidir. Uni asrash, rivojiga hissa qo’shish har bir fuqaroning burchi sanaladi. «O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonunning 24-moddasida O’zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanishi belgilab qo’yilgan.

Qahramon SAIDNABIYEV

Teglar:

Foydali havolalar