(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Uyda, ­ofisda toza havo bo‘lsin ­desangiz…

  • 2142
  • 2142
Jamiyat
Dekabr06/ 2017

Yer yuzidagi 412 mingdan ziyod o‘simlik turlarining 30 mingga yaqinidan inson kundalik hayotida foydalanadi. Nabotot olamida shunday o‘simlik turlari borki, ular eng nafis tuyg‘u – go‘zallik hissini uyg‘otadi, xush kayfiyat bag‘ishlaydi, tabiatga mehr-muhabbatni yanada oshiradi.

 

Xonaki o’simliklar tabiatning betakror manzaralarini xona sharoitida mujassamlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, ular o’ziga xos mikroiqlim hosil qilib, havoni chang-g’ubordan, kasallik qo’zg’atuvchi mikroblardan tozalaydi, namlik darajasini 50 foizgacha oshiradi. Xona sharoitida o’stirilayotgan o’simliklarning foydali xususiyatlaridan yana biri shuki, ular karbonat angidrid gazi chiqarishdan ko’ra uni ko’proq yutadi. Masalan, xona sharoitida o’stirilayotgan 60 tup o’simlik chiqargan karbonat angidrid miqdori bir kishi nafas olib chiqargan karbonat angidrid miqdoridan oshmas ekan.

Olimlarning ta`kidlashicha, ko’pgina xonaki gul va o’simliklarda xona sharoitida tez ko’payadigan zararli mikroorganizmlarni o’ldiruvchi fitonsidlar mavjud. Kaktus, semizo’t, kalanxoe kabi o’simliklar kompyuterda ishlovchi, uy-ro’zg’orda qo’llanadigan elektr asboblarni ko’p ishlatadigan kishilarni elektromagnit maydoni ta`siridan saqlaydi.

Turli xil maishiy texnika, plastik mebellar, linoleum, panellar, bo’yoq, kir yuvish kukuni va yuvish vositalari xona va ofisdagi havoni benzol, fenol, formaldegid, karbonat angidrid gazi, azot oksidlari va ammiak bilan zaharlaydi. Bundan himoyalanish uchun esa xona havosini tozalovchi gullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Xususan, Shefflera (soyabon daraxti)ni chekuvchilar yashaydigan yoki ishlaydigan xonada o’stirish mumkin. Bu o’simlik tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va smolani tez «yutadi». Tillarang sindapsus esa (epipremnum aureum yoki Potos) havoni benzoldan tozalasa, Dratsena (Dracaena) o’simligi yelim va mebeldan chiqadigan zaharni bartaraf etadi. Shuningdek, Xlorofitum havoga chiqariladigan gazlarni yaxshi «o’zlashtiradi». Xamedoreya (xonaki palma) havoni namlantiradi, plastmassadan chiqadigan moddalarni filtrlaydi.

Shu o’rinda xonaki gullarning parvarishiga ham alohida to’xtalib o’tish joiz. Xonaki gullar, odatda, deraza tokchalarida, gul tuvaklari qo’yiladigan maxsus moslamalarda turadi. Xona sharoitida o’stirib parvarish qilinadigan gullar o’z xususiyatidan kelib chiqib yorug’likni sevuvchi, soyasevar va soyaga moslashuvchi turlarga bo’linadi. Masalan, geran, qo’ng’iroqcha, kaktus, afelyandra va boshqalar yorug’likni sevuvchi o’simliklar bo’lib, yorug’lik ko’p tushadigan joyda yaxshi o’sadi. Aloe, plyush, asparagus kabilar esa yorug’likda ham, soyada ham birdek o’saveradi. Ular xona bo’ylab shunday qo’yilishi kerakki, barcha tuvakdagi gullar shakli, rangi, gullarining tusi, tuvaklarning katta-kichikligi bilan uyg’un holda xonaga o’zgacha chiroy, fayz baxsh etsin. Agar xona derazasi kichkina bo’lsa, katta tuvakdagi gullarni yerga qo’ysa ham bo’ladi. Xona derazasi janubga qaragan bo’lsa tokchaga birinchi qatorga kaktus, aloe gullari qo’yiladi, ikkinchi qatorga esa azaliya, agava, jasmin, oleandr, kameliya kabi gullar qo’yish maqsadga muvofiq.

 

Muhayyo RIXSIBEKOVA,

Ekoharakat faoli

Teglar:

Foydali havolalar