Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Xayriya do‘konlari jamoat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashning ­britancha usuli ­

Jamiyat
Dekabr06/ 2017

Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatadigan The Charities Aid Foundation (CAF) xayriya jamg‘armasi Yevropadagi eng yirik nodavlat tashkilotlardan biri hisoblanadi. Mazkur tashkilot nafaqat xayriya faoliyati bilan shug‘ullanadi, balki bu yo‘nalishda tadqiqotlar ham o‘tkazadi.

 

Fondning navbatdagi tadqiqoti Buyuk Britaniyadagi nodavlat tashkilotlarning xayriya do’konlari mavzusiga ­bag’ishlandi. Tad­qiqot natijalariga ko’ra, britaniyaliklarning 86 foizi bir marta bo’lsa-da xayriya do’konlaridan biron buyumni xarid qilar ekan.

Ma`lumotlarga qaraganda, Angliyada 10 ming 200 ta ana shunday xayriya do’koni faoliyat yuritadi. Ularning mahsulotlari xususiy yoki korporativ   hadyalar orqali shakllantiriladi.

CAF tadqiqotlariga ko’ra, bunday xayriya do’konlari ayollar orasida juda mashhur. Xususan, tadqiqotda ishtirok etgan ayollarning 70 foizi aynan xayriya do’konlaridan mahsulotlar xarid qilishini qayd etgan. Qolaversa, yoshi kattalar xayriya magazinlarining eng sodiq mijozlari ekani aytilmoqda. Masalan, 65 yoshdan oshgan odamlarning 71 foizi xayriya do’konlariga boradi. 18-24 yoshgacha bo’lganlarning 53 foizi shu kabi magazinlardan biron narsa xarid qiladi.

Bundan tashqari, tadqiqot doirasida fuqarolarning xayriya xizmatlari va servislaridan nechog’lik foydalanishi ham o’rganilgan. Tadqiqotda qatnashganlarning 98 foizi xayriya fond­larining u yoki bu xizmatlaridan foydalanishini ma`lum qilgan.

Qishloq hududida istiqomat qiluvchilar shaharliklarga qaraganda ko’proq xayriya do’konlariga borar ekan. Xususan, ularning 91 foizi, shaharliklarning 84 foizi zarur mahsulotlarni xayriya do’konlaridan xarid qiladi. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, xayriya masalalariga qishloq aholisi shaharnikiga qaraganda ko’proq e`tibor qaratadi degan xulosaga kelmaslik lozim. Zero, mijozlar hamisha ham ko’rsatilgan xizmatlar, sotilayotgan mahsulotlar xayriya fondlari tomonidan amalga oshirilayotganiga e`tibor bermaydi. So’rovda ishtirok etganlarning 23 foizigina   xizmatlar aynan nodavlat tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgani, xaridi aynan xayriyaga sarflanishidan xabardor bo’lgan.

Xayriya fondlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga ham qiziqish ancha yaxshi. Xususan, nodavlat tashkilotlar tomonidan xayriyaga yo’naltirilgan muzey, park sayohatiga so’rovda ishtirok etganlarning 69 foizi borishini ma`lum qilgan.

– Albatta, xayriya do’konlarining mashhur bo’lishiga o’ziga xos sabablar bor, – deydi CAFning tadqiqotlar bo’limi rahbari Syuzen Pinkni. – Jumladan, ular zamonga moslashib, o’z imijini o’zgartirib bormoqda. Ya`ni, ularning do’konlaridagi mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligi bilan ham ajralib turadi. Bundan tashqari, bunday do’konlardan kamyob mahsulotlarni arzon   narxlarda olish mumkin.

CAF vakillarining qayd etishicha, bunday do’konlar «uchinchi sektor» rivojida muhim ahamiyatga ega. Chunki ko’p hollarda nodavlat tashkilotlar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, o’z faoliyatini samarali amalga oshirolmaydi. Bunday muammolar ayniqsa, xayriya fondlari faoliyatida yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan fondlar o’zlarini daromad bilan ta`minlayotgani xayriya maqsadlarini sifatli ro’yobga chiqarish imkonini bermoqda. Ayniqsa, Britaniyada daromad topishning shu yo’lidan borayotgan turli nodavlat tashkilotlar faoliyati yanada jonlanib, nafaqat aholiga o’z vaqtida ko’mak ko’rsatmoqda, balki ko’ngillilar safini ham kengaytirmoqda.

Ayni paytda Buyuk Britaniyaning xayriya do’konlarida o’n minglab ko’ngillilar faoliyat yuritadi. Ular do’konlar reklamasi, uni to’ldirish, mahsulotlarni yetkazish, xaridorlarni ko’proq jalb etish bilan shug’ullanadi.

CAF mutaxassislarining ta`kidlashicha, nodavlat tashkilotlar ko’ngillilarni jalb etishda eski usullardan voz kechishi kerak. Masalan, ko’plab xayriya fondlari bir xil usuldan, ya`ni insonlarni yaxshilik qilishga da`vat orqali jalb etishga urinadi. Bunday da`vat hamisha ham o’zini oqlamaydi. Shu nuqtai nazardan bugungi kun odamlariga ko’ngilli bo’lish nechog’lik qiziqarli ekanini, nafaqat yaxshilik ulashish, balki dun­yoqarishini kengaytirish, samimiy muhitda ish yurita olishini singdirish kerak. Ko’ngillilar sarf­layotgan vaqtini mazmunli o’tkaza olishiga ishonch hosil qilishi juda muhim. Ayniqsa, ko’ngillilar uchun turli bayram, konsertlarga bepul chiptalar berish foydalidir. Eng muhimi, ular mehnatidan rozi bo’lsa, o’zlari bilan boshqalarni ham boshlab keladi.

Darhaqiqat, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji mamlakatdagi ijtimoiy masalalar yechimini tezlashtiradi. Ularni mablag’ bilan ta`minlashning samarali mexanizmlari esa «uchinchi sektor» faoliyatini yanada faollashtirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ammo mablag’ topishga berilib ketish ularni asosiy maqsaddan chalg’itmasligi zarur, deb hisoblaydi, ba`zi mutaxassislar.

 

Internet materiallari asosida Rufat NE`MATOV tayyorladi.

Foydali havolalar