(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Islom Karimov fondi grantlar taqdim etadi

logo
Jamiyat
Dekabr18/ 2017

 

Islom Karimov fondi iqtidorli yigit va qizlarning Yevropa va AQShdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarida magistratura dasturi bo’yicha ta`lim olishi uchun grant­lar taqdim etish maqsadida tanlov e`lon qildi.

Fond grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha beriladi: tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo), suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura, dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me`morchilik dizayni), rassomlik.

Grant sovrindori bo’lishni istagan yoshlar ingliz, nemis yoki fransuz tilini a`lo darajada bilishi hamda oliy o’quv yurtlarini muvaffaqiyatli bitirgan bo’lishi lozim. Sovrindorlarning chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (ikki yilgacha) fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Islom Karimov fondining grantlari va tanlovga oid qo’shimcha ma`lumotni fondkarimov.uz sahifasi orqali olish mumkin.

Foydali havolalar