(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Qo’mitalar faoliyatining sarhisobi nimalarni ko’rsatmoqda?

Jamiyat
Dekabr18/ 2017

 

Kecha O’zbekiston ekologik harakati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatalari guruhi hamda Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish masalalari, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitalarining 2016 yil yakunlari va istiqboldagi rejalariga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Har ikkala qo’mita tomonidan o’tgan yil davomida samarali qonunchilik va parlament nazorati faoliyati olib borilgani alohida ta`kidlandi.

Matbuot anjumanida aytilganidek, Ekoharakat va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlari guruhi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida o’tgan yil davomida amaldagi ekologik qonunchilikni takomillashtirish, davlat dasturlari ijrosini ta`minlash, atrof-muhit va aholi salomatligi muhofazasi ishlariga jamoatchilikni yanada kengroq jalb etish maqsadida qator amaliy tadbirlar tashkil etilgan.

– Ayniqsa, qo’mitamiz tomonidan atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi ishlarni yanada jonlantirishga alohida e`tibor qaratildi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o’rinbosari, Ekoharakat deputatlari guruhi rahbari Boriy Alixonov. – Ekoharakat deputatlari guruhi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi a`zolari tomonidan   8 ta, shu jumladan, 1 ta yangi, 4 ta yangi tahrirdagi, 4 ta qonunga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun loyihalari ustida faoliyat olib borildi. Jumladan, «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» va «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonunlar parlament tomonidan qabul qilindi.

Ekoharakat «Ishonch telefoni» muntazam ravishda faoliyat olib borayotgani bois, fuqarolardan 500 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarni joyi­ga chiqib o’rganish maqsadida atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, obodonlashtirishga mas`ul davlat idoralari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mutaxassislarini jalb etgan holda 100 ga yaqin ekologik reyd tashkil etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demo­­­-k­ratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi tomonidan ham 2016 yilda qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati yuzasidan bir qator salmoqli ishlar olib borildi.

Anjumanda qayd etilganidek, qo’mita parlament nazoratining shakllari bo’lgan – parlament so’rovi, deputatlik so’rovi, parlament eshituvlarini o’tkazish, qonun hujjatlari va Davlat dasturlarining ijrosini nazorat qilish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratdi.

– Qo’mitamiz a`zolari qonun tashabbuskorligi faoliyati tartibida 5 ta qonun loyihasi, shu jumladan, 2 ta yangi qonunni ishlab chiqish, 24 ta amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish ishlarini amalga oshirdi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi raisi Akmal Saidov. – Jumladan, «Parlament nazorati to’g’risida» hamda «Yoshlarga oid davlat siyo­sati to’g’risida»gi yangi qonunlar parlament tomonidan qabul qilindi. Shu bilan birga, «Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida», ­«Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va kafolatlari to’g’risida»gi Qonunga o’zgartishlar kiritish to’g’risida» hamda «Parlament nazorati to’g’risida»gi Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonunlar bilan tegishli qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Hisobot davrida qo’mita Toshkent viloyatida «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi, Andijon viloyatida «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi, Samarqand viloyatida «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi qonunlarning ijrosini tanqidiy o’rganib chiqdi.

Tadbirda qo’mitalarning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» hamda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan beshta ustuvor yo’nalish bo’yicha rivojlanish harakat Strategiyasi asosida aniq maqsadli vazifalari belgilab olindi.

Munisxon KARIMOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar