(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Transport xizmati yaxshilanadi

20150214171919_big
Jamiyat
Dekabr18/ 2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko’rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»­gi qaroriga ko’ra, 2017-2021 yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Bu davr mobaynida 303 ta   yangi yo’lovchi tashish yo’nalishi, ulardan 240 tasini (79,2 foizi) shahar atrofida va qishloq joylardan o’tadigan shaharlararo qatnovlarda ochish nazarda tutilmoqda. Yangi yo’nalishlar ochish bilan birgalikda, asosan avtobuslar yetishmasligi tufayli qatnov to’xtatilgan yo’nalishlar tiklanadi.

Kelgusi 5 yilda 8600 ta yo’lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5700 ta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinadi.

2018 yilning 1 iyuliga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarida shahar yo’lovchilar transportida yo’l haqini bank plastik kartochkasida naqd pulsiz to’lash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

Kelgusi 5 yil mobaynida dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltiriladi.

Teglar: ,

Foydali havolalar