(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Geni o‘zgartirilgan mahsulot inson uchun xavflimi?

  • 2187
  • 2187
Jamiyat
Dekabr20/ 2017

Bugun OAVda geni o’zgartirilgan mahsulotlar haqida ko’plab yangiliklar e`lon qilinmoqda. Ayrim mutaxassislar bunday mahsulot inson salomatligiga jiddiy xavf solishini ta`kidlasa, boshqalari ularning hech qanday ziyoni yo’qligini aytadi. Aslidachi, bu mahsulotlar haqiqatan ham odam organizmiga salbiy ta`sir ko’rsatadimi?

 

Geni o’zgartirilgan organizm­lar va ularning mahsulotlari ilk bor o’tgan asrning 50-70 yillarida tarqala boshladi. Hozirgi kunda AQSh, Kanada, Avstraliya, Argentina, Meksika, Urugvay, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Iroq bunday mahsulotlardan eng ko’p foydalanmoqda. Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya, Hindiston kabi bir qator davlatlar esa bunday mahsulotlarni o’z hududiga olib kirishni taqiqlagan. Geni o’zgartirilgan mahsulotlarni yetishtirish tannarxi pastroq va ko’proq hosil olish imkoni mavjud. Bu orqali oziq-ovqat yetishmasligi muammosini hal etish uning ijobiy jihati bo’lsa, uning bioxilma-xillikka tahdid solishi, iste`mol bozoriga nazoratdan to’liq o’tmagan urug’lar hamda mahsulotlar kirib kelishi kabi salbiy tomonlaridan ham ko’z yumib bo’lmaydi.

Geni o’zgartirilgan ekinlarni yaratish borasidagi tajribalar o’tgan asr­ning 60-yillarida boshlangan. Transgen mahsulotning birinchi namunasi, tarkibiga kambala balig’ining geni kiritilgan pomidor 1994 yilda dunyoda birinchi marta AQSh savdo do’konlarida paydo bo’ldi. U Amerikaning «Monsanto» korporatsiyasi olimlari tomonidan yetishtirilgan edi. Ayni kunlarda dunyo bo’yicha 80 dan ortiq geni o’zgartirilgan mahsulotlar yetishtirilmoqda. Jumladan, bug’doy, sholi, soya, g’o’za kabi ekinlarning transgen turlari keng miqyosda ekilmoqda. Agarda ilgari ma`lum genlarga ega bo’lgan o’ziga xos fenotipik va biologik xususiyatga ega yangi navlarni yaratish uchun 6-10 yil vaqt talab qilingan bo’lsa, ayni paytda bu jarayon ilm-fanning zamonaviy taraqqiyoti sababli 2 yoki 3 yilda amalga oshirilishi mumkin.

Geni o’zgartirilgan mahsulotlarning insonga zararini aniqlash hozircha juda qiyin. Shuning uchun AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va boshqa mamlakatlarda geni o’zgartirilgan o’simliklardan olingan oziq-ovqatlarga majburiy maxsus belgi qo’yib sotish joriy etilgan. Shuningdek, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko’ra, ko’pgina davlat tashkilotlari geni o’zgartirilgan mahsulotlarni maxsus baholash jarayonidan o’tkazish lozim, deb hisoblaydi. Transgen oziq-ovqatlarning narxlari tabiiy mahsulotga qaraganda biroz arzon. Biroq ularning mazasi, ta`mi va biologik tarkibi deyarli bir xil ekanini ayrim olimlar alohida ta`kidlamoqda. Lekin yana bir guruh olimlar transgen mahsulotlar va inson salomatligi borasida jiddiy, tashvishlanarli fikr­larni aytadi.

Ularning ta`kidlashicha, transgen ozuqalarning inson salomatligiga asosan quyidagi jihatdan ta`sir qilish ehtimoli bor: allergik reaksiyalar, gen ko’chishlari, autkrossing va mutatsiyalanishlar.

Rossiya olimlari tomonidan sichqon va kalamushlarga transgen ozuqalar berib tajribalar o’tkazilganda, birinchi avlodda o’limning 50 foizga ortgani, qolganlarida bepushtlikning kelib chiqishi, shuningdek, bu jonivorlarning xususiyatlarida ham kuchli qo’zg’aluvchanlik, agressivlik va tug’ma instinktlarida ham o’zgarishlar aniqlangan. Saratov shahrida olib borilgan kuzatishlarda transgen mahsulotlar bilan oziqlantirilgan sichqonlar o’z bolalarini yeb qo’yishi kuzatildi. Aslida bu xususiyat jonivorlarning bu turi uchun xos emas. Bundan olimlar transgen mahsulotlar jonivorlarning ruhiy holatiga ta`sir ko’rsatadi, degan fikrga kelmoqda.

Masalaning boshqa tomoni ham borki, uni inkor etib bo’lmaydi. Hozircha biologik xususiyatlariga ko’ra, bunday o’simliklar bir qancha afzalliklarga ega. Tabiiy navlarga qaraganda ularning hosildorligi ancha yuqori hamda ular turli kasalliklarga, sovuq va sho’rlanishga chidamli. Xususan, Amerikadagi birinchi transgen pomidoriga kambalaning sovuqqa chidamlilik xususiyati o’tgani sababli sovuq muzlamalarda ham nobud bo’lmaydigan, aksincha, rivojlanaveradigan hosildor nav dunyoga keldi. Uning asosiy xususiyati kasalliklar, zararkunanda va boshqa noqulay tabiiy sharoitlarga o’ta chidamliligining oshib ketishidir. Shuning uchun geni o’zgartirilgan ekinlarni kasallik va zararkunandalarga qarshi pestitsidlar bilan ishlashga umuman hojat yo’q. Masalan, transgen kartoshkaning kattaligi qovunday bo’lsa-da, uni hatto Kolorado qo’ng’izi ham zararlamaydi. Shundan ham ko’rinib turibdiki, unda qo’ng’iz ham hazm qilolmaydigan biokimyoviy o’zgarishlar sodir bo’lgan.

Qisqasi geni o’zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlari muammosi insoniyat kelajagiga jiddiy xavf solish yoki solmasligi hamon butun dunyo olimlari tomonidan o’rganilmoqda, bahs-munozaralarga sabab bo’lmoqda va hozircha bir xulosaga kelingani yo’q.

 

Abduqodir ERGAShEV,

biologiya fanlari doktori,

professor

Teglar:

Foydali havolalar