(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Mahalla ko‘rkini kim buzdi? yoxud oddiy ko‘ringan xavf

  • 2184
  • 2184
Jamiyat
Dekabr20/ 2017

 Poytaxtimizning Rakat mahallasi. Hovli darvozasidan chamasi o’n besh metrlar uzoqdagi daraxtlarning biriga «Iltimos axlat tashlamang!» deb yozib qo’yilgan. Lekin yon atrof maishiy chiqindilar bilan to’lib toshgan. Ammo bu sun`iy chiqindixonadan sal narida maxsus axlatxona bor. Nega endi mahalladoshlar axlat tashlash kerak bo’lgan joyga emas, qo’shnilarining darvozasi oldiga, piyodalar uchun mo’ljallangan yo’lakka chiqindi tashlab, boshqalarning yashash sharoitiga xalaqit bermoqda? Bu atay qilinmoqdami yoki erinchoqlik odobdan, tarbiyadan, insoniylikdan ustun kelyaptimi?

 

O’zingdan chiqqan baloga…

 

Qo’lidagi axlat to’la paketni shundoqqina ko’chaning yuziga tashlagan ayolga, «singlim, bu ishingiz yaxshi emas», desam, «Uzr, ishga kech qolayotgandim, kelinoyi», deb bahona qildiyu yo’lida davom etdi, – deydi poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi «Jome» mahallasida yashovchi Gulchehra Nosirova. – Bunday vaziyatlarga ko’p duch kelaman, aksari yoshlar, yosh onalar. Ular bu ishlari bilan farzand­larining murg’ak qalbini ham bulg’ayotgani, jamiyatimiz uchun zararli odatlarga o’rgatayotganini nima deb baholashni bilmaysan kishi. Ana shunday qo’shnilarimiz mahallaning chiroyini, obodligini buzyapti.

Aksar hollarda bunday voqealarni yo’l-yo’lakay uchratishimiz, joyi kelganda ishtirokchisiga aylanib qolishimiz ham hech gap emas. Lekin beparvolik bilan yo’l chekkasiga uloqtirgan chiqindini tong saharlab kimdir o’z mehnati evaziga tozalashini, odamlar ozoda yo’ldan yurishi, ishga, o’qishga yaxshi kayfiyatda borishi uchun xizmat qilishini hech o’ylab ko’rganmizmi? Vaqtingiz ziqligi, (havo sovuqligi!) chiqindixona sal uzoqligi… Bular siz yashayotgan hudud o’z fayzini yo’qotishiga, bosh­qalarning ko’nglini xufton qilishga arzigulik sabab bo’la oladimi?

 

«Muallif» kim?

 

Bekatda avtobus kutayapman. Atrofdagi chiqindi va xazon yig’ayotgan ayol e`tiborimni tortdi. U xazonlarni bir chekkaga to’plar, goh-goh uzun sop­li supurgisini qo’yib, chiqindilarni axlat tashlash uchun bekat yoniga qo’yilgan temir savatga solardi… Bekatga avtobus kelib to’xtadi, undan bir nechta yo’lovchi tushdi. Ayol tozalagan joy avtobus chiptalarining betartib sochilishidan yana avvalgi holiga qaytdi…

Kun davomida shahrimiz ozodaligi, obodligi uchun ter to’kamiz, – deydi Olmazor tumani obodonlashtirish bo’limi xodimi Farida Asatullayeva. – Yo’l va piyodalar yo’lkasi, bekatu xiyobonlarni pista po’chog’i, turli ichimliklarning idishlaridan tozalaymiz. Shahrimiz obod va fayzli bo’lishini xohlaymiz. Ko’p hollarda ayrim yurtdoshlarimiz endigina tozalangan joyga ko’z oldimizda turli chiqindilarni, yo’l chiptalari, yegulik qoldiqlarini tashlab ketadi. Bundan bir jahlingiz chiqsa, bir ularga achinasiz. Chunki bunday odamlar o’z uyini ham shunday saqlaydi va bir umr shunday yashaydi.

Shahrimizni, ko’chalarimizni bulg’ayotgan aslida kim? Aniqki, bu bizning o’zimiz.

 

Bee`tiborlikning ­oqibatlari ba`zan ­kechirilmaydi

 

Eshigi ko’chaga qaratib qurilgan do’kondan yaxna ichimlik xarid qilgan avtobus chiptachisi haydovchini «mehmon» qildi. Haydovchi salqin ichimlikni ichib bo’lgach bo’shagan idishini ko’chaga uloqtirdi. Men singari boshqa yo’lovchilarda ham bu vaziyatga nisbatan salbiy fikr uyg’ongani shubhasiz. Orqada harakatlanib kelayotgan yengil avtomashina egasi esa jarangdor «signal» orqali o’z noroziligini bildirdi. Beparvo haydovchi bunga javoban g’udranib so’kindi…

Bu kabi holatlar atrof-muhitga zarar keltirishi bilan birga harakatdagi avtoulov bosh­qaruvchilarining diqqatini chal­g’itishi ham sir emas. Ayni shu kabi e`tiborsizliklar o’rni kelganda kechirib bo’lmas oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ko’za kunda emas, kunida sinadi.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, eng xavf­li kasalliklarning mikroblari, zararli mikroorganizm­lar chiqindilarning uzoq muddat bir joyda to’planib qolishi va achishi oqibatida yuzaga kelar ekan. Shu ma`noda olib qarasak, mahalla ko’chasiga, yo’l chekkasiga tashlangan axlat bir necha kun qolib ketsa, turli zaharli gaz va mikrob manbaiga aylanishi turgan gap. Bundan esa nafaqat yon atrofdagilar, yaqinlarimiz, albatta, o’zimiz ham zarar ko’ramiz.

 

Zokir ShOYIMOV

Teglar:

Foydali havolalar