(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Adolat ustuvorligi Ta‘minlanadi

Jamiyat
Dekabr23/ 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni davlat va jamiyat boshqaruvi ochiqligini ta`minlash, ijro hokimiyati organlari hamda mansabdor shaxslarga ishonchni kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Unda keltirilishicha, keyingi yillarda murojaatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik sub`ektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to’siq va g’ovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid bo’lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sog’liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yo’l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan davlat boshqaruvida ochiqlikni ta`minlash, har bir shaxsning o’zi mustaqil hal eta olmayotgan muammolarini murojaatlar orqali hal etish institutiga keng yo’l ochildi. Bu amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlarni ta`minlashga xizmat qilyapti.
Murojaatlarning ochiq va shaffofligini ta`minlash, har bir shaxsga qulay shart-sharoit yaratish, o’z vaqtida va sifatli o’rganish, tekshirish hamda dastlabki xulosalar chiqarish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida «Xalq qabulxonalari»ning tashkil etilishi o’ziga xos yangi institutlardan biri bo’ldi.
Agarda o’tgan qisqa vaqt mobaynida «virtual qabulxona» o’z samarasini berib, har bir shaxsning erkin murojaat qilishiga yo’l ochgan bo’lsa, xalq qabulxonasi o’z navbatida, xalq bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’rnatish, yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishga qaratilgan. Kelgusida bu murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi sifatida albatta, kutilgan natijani berishi shubhasiz.
Farmonda xalq qabulxonalariga murojaatlarni ko’rib chiqishda aniqlangan doimiy qonunbuzarliklarning sabablarini bartaraf etish, murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko’rib chiqish va ular bo’yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Farmonda ko’zda tutilgan vazifa va masalalarni o’z vaqtida hal etish orqali jamiyatda ishchanlik kayfiyati rivojlanadi hamda davlat organlari, mansabdor shaxslar ustidan jamoat nazoratini o’rnatishga erishiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining ham huquqiy, ham tashkiliy jihatdan mustahkamlanishi murojaatlar bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. Alal-oqibat, bu davlat boshqaruvida qarorlar qabul qilishda shaffoflikni ta`minlashga xizmat qiladi. Jamiyatimizda adolat ustuvorligini ta`minlaydi.

Boboqul TOShEV,
Yuristlar malakasini oshirish markazikafedra muridi,
yuridik fanlar doktori

Foydali havolalar