(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Endi farzandingiz maktabga to‘liq tayyor bo‘ladi

  • 2203
  • 2203
Jamiyat
Dekabr23/ 2017

Bugungi kunda mamlakatimizda bog‘cha yoshidagi bolalarning atigi 27 foizi maktabgacha ta`lim tizimiga qamrab olingan. Shahar joylarda maktabgacha ta`lim muassasasiga farzandini joylashtirish uchun navbatda turganlar soni oshib borishi barobarida qishloq bog‘chalari yarimlab qolgani og‘riqli masala, albatta.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori sohada yig’ilib qolgan shu kabi muammolarni ijobiy hal etish, xususan, maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilashni ko’zda tutadi.
Yaqinda Xalq ta`limi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Toshkent viloyatining Qibray tumanida tashkil etilgan mediatur mazkur qarorning mazmun-mohiyatini o’rganishga bag’ishlandi.
Mutasaddilarning qayd etishicha, dastur doirasida 2200 ta maktabgacha ta`lim muassasasining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq joylarda ikki tipdagi, ya`ni 120 tarbiyalanuvchiga mo’ljallangan 70 o’rinli hamda 170 tarbiyalanuvchiga mo’ljallangan 120 o’rinli maktabgacha ta`lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o’quv-metodik qo’llanma, multimedia resurslari bilan ta`minlash ko’zda tutilgan. Tarbiyalanuvchilarning ma`lum qismini qisqa muddatli guruhlarga qamrab olish hisobiga maktabgacha ta`lim qamrovi oshiriladi.
Qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tumandagi 10-maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyati misolida tanishdik.
Muassasa mudirasi Dilfuza Ismoilovaning aytishicha, bu yerda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5 soatlik) maktabgacha tayyorlash guruhlarida 40 nafarga yaqin bola tushgacha yoki tushdan keyin ta`lim-tarbiya olmoqda. Muassasadagi kichik kutubxonadan bolalar dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi 50 nomdagi kitob o’rin egallagan. Ulardan maktabgacha ta`lim muassasasiga qamrab olinmagan bolalar ham ota-onalar va boshqa katta yoshdagi oila a`zolari ko’magida foydalanishi mumkin.
Prezidentimiz qarori asosida yurtimiz maktabgacha ta`lim muassasalarida 6 ming 100 ta ana shunday qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish ko’zda tutilgan bo’lib, hozirgacha 2 ming 300 dan oshiq guruhda 49 ming 250 ga yaqin bola ta`lim-tarbiya olmoqda.
Qishloq joylardagi maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar badal to’lovini 30 foizgacha kamaytirish, qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish hamda maktabgacha ta`lim tizimiga jalb etilmagan bolalarni hamda ularning ota-onasini 7 nomdagi metodik qo’llanma va kitoblar bilan ta`minlash nazarda tutilgan.

Nargiza HUSANOVA,
«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar