(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Fayz va baraka – ozodalikda

  • 2217
  • 2217
Jamiyat
Dekabr23/ 2017

Mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etish va salbiy oqibatlarning oldini olish, aholi salomatligi, ekotizimlar va atrof-muhitning tabiiy holatini saqlash ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo’lib, ular «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida», «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida», «Chiqindilar to’g’risida»gi o’ttizdan ziyod qonun va qonun­osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shuningdek, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish borasida ta`lim muassasalarida tabiatshunoslik to’garaklari, ekologiya xonalari, «Ekologiya yo’lakchalari», tabiat burchaklari tashkil etilgan. Maktablarda atrof-muhitni o’rganish, uni asrab-avaylash yuzasidan fan soatlari o’tilmoqda.

Ta`limning barcha bos­qichlarida bu yo’nalishda darsliklar, dasturlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan, – deydi O’zbekiston Milliy universiteti, biologiya fakulteti ekologiya va evolyutsiya biologiyasi kafedrasi mudiri Rus­tam Allaberdiyev. – Kafe­dramizda ekologik ta`lim va tarbiyaning uyg’unligini ta`minlash maqsadida olimlar va mutaxassislar hamkorligida ommabop risolalar, qo’llanmalar chop etildi. Barcha ta`lim muassasalarida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi mutaxassislari tomonidan barqaror taraqqiyot ta`limi doirasida davra suhbatlari, forumlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Yoshlarning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish maqsadida istirohat bog’lari, dam olish maskanlari, suv havzalari va bosh­qa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan «Yurtimizni obod qilaylik!» shiori ostida amaliy tadbirlar muntazam o’tkazilmoqda. Maktab o’quvchilari o’rtasida «Onajonim tabiat», oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida «Global iqlim o’zgarishiga moslashish bo’yicha eng yaxshi g’oya», «Tibbiyot, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ekologiya» mavzularida tanlovlar tashkil etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 yanvaridagi «Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ijrosi yuzasidan mahallalar va jamoat joylarida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mahallamizda har shanba hashar kuni hisoblanadi, – deydi Shayxontohur tumanidagi «Janggoh» mahalla fuqarolar yig’ini raisi Bahrom As­qarov. – Bunga mahalla ahli odatlangan. Hasharda ko’p qavatli uylar atrofi, bolalar maydonchalari, ariqlar tozalanib, chiqindilar o’z vaqtida tashib ketiladi. Aholini rag’batlantirish maqsadida «Eng sarishta xonadon», «Mahallaning eng sarishta qizi» kabi tadbirlar tashkil qilganmiz. Shuningdek, obodonlashtirish ishlarida xususiy uy-joy mulk­dorlari shirkatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalla obodligini saqlash, maishiy chiqindilarning o’z vaqtida olib ketilishiga alohida e`tibor qaratilmoqda.

 

Nilufar INOFOMOVA

Teglar:

Foydali havolalar