(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Har qanday oila o‘z uy-joyiga ega bo‘lishi mumkin

Jamiyat
Dekabr23/ 2017

Fuqarolarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari orasida turarjoyga bo‘lgan ehtiyoj eng birinchisi va muhimi hisoblanadi. Zero, uyi bo‘lmagan odam ­xotirjam hayot kechirolmaydi, o‘zini erkin his qilolmaydi.

 

Ana shundan kelib chiqib, mamlakatimizda bu borada keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishning qonunchilik bazasi takomillashtirib borilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2013 yil 17-18 aprel kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan «Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini komp­leks rivojlantirish va qiyofasini o’zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili» mavzusidagi xalqaro konferensiyada bu masalaga alohida to’xtalib, birinchi nav­batda hal etish lozim bo’lgan masalalardan biri – uy-joy qurilishining qonunchilik, huquqiy va normativ bazasini tubdan qayta ko’rib chiqish hamda isloh etishdan iborat ekanini ta`kidlagan edi.

Mustaqillikkacha bo’lgan davrda xususiy mulkchilikning qat`iyan taqiqlangani, mamlakatda mavjud uy-joylarning asosiy qismi davlat mulki ekani o’sha davrlarda amalda bo’lgan Uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan edi.

1990 yil 31 oktyabrda «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida» va 1991 yil 19 noyabrda «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi qonunlarning qabul qilinishi uy-joy munosabatlarini bozor qonuniyatlari asosida isloh qilishda ham asosiy, ham birlamchi huquqiy qadam bo’ldi. Ushbu qonun hujjatlarining amalga kiritilishi xususiy uy-joy fondining hajmi va miqdori ortishi bilan birga, yangi mulkdorlar sinfi, ya`ni «ko’p kvartirali uy-joydagi kvartira mulkdorlari»ning vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Uy-joy sohasidagi birinchi islohot sifatida davlat uy-joy fondi xususiylashtirilgach, kommunal uy-joy fondining huquqiy maqomini belgilash, davlatga tegishli bo’lgan uy-joy ob`ektlari doirasini aniqlash va uy-joy fondining ushbu turida yashashi mumkin bo’lgan fuqarolar bilan huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 1994 yil 28 iyunda Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to’g’risida»gi nizomi tasdiqlandi. Unda kommunal uy-joy fondi uylari kimlarga berilishi, berish tartibi, ushbu uy-joylarda yashovchilar bilan tuziladigan uy-joy ijarasi shartnomasi, kommunal uy-joy fondi uylarini hisobga olish va taqsimlash kabi uy-joy munosabatlari uchun muhim bo’lgan qoidalar o’z ifodasini topdi.

Uy-joy kodeksi mamlakat mustaqillikka erishganidan buyon uy-joy sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarini bir tizimga solish va ularni muayyan uyg’unlikka keltirish hamda sohada vujudga kelgan munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda eng muhim manba sifatida qabul qilindi.

O’zbekistonda aholini uy-joy bilan ta`minlashga qaratilgan navbatdagi islohotlar – bu qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurish orqali kishilarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish va qishloq joylarini komp­leks rivojlantirish hamda qiyofasini o’zgartirish bo’ldi. Mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi ­Prezidentining 2009 yil 27 yanvardagi «Qishloqqurilishloyiha» mas`uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini tashkil etish to’g’risida» va 2010 yil 8 sentyabrdagi «Qishloq joylarda uy-joylarni loyi­halashtirishni takomillashtirish va qurilishni yaxshilash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarorlarini keltirib o’tish mumkin. Aynan mazkur hujjatlar asosida qishloq joylarida uy-joy massivlarini qurish ishlari yakka tartibda uy-joy quruvchi tashkilotlar tomonidan namunaviy loyihalar asosida, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob`ektlari bilan birgalikda barpo etilmoqda.

Qishloq joylarida namunaviy uy-joylar zamonaviy talablarga javob berishi bilan birga, unga egalik qilishning ham qulay usuli yaratilgani, uning huquqiy asosi belgilangani, bu boradagi islohotlar qishloq aholisining farovonligini ta`minlashga qaratilganidan dalolat beradi.

2016 yilning 21 oktyabrdagi «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori odamlarni uy-joy bilan ta`minlashni tubdan yaxshilash bo’yicha butunlay yangi davrni boshlab berdi.

Agar shu kungacha qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibda uy-joylar qurish das­turi doirasida uy quruvchining dast­labki badali 25 foizni tashkil etgan bo’lsa, yangi dastur bo’yicha ushbu badal ikki, uch qavatli ko’p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun 15 foizni tashkil etishi, pudrat tashkilotlari arzon uylar qurish doirasida bajariladigan ishlar hajmi uchun soliqlarning barcha turlaridan va davlat maqsadli jam­g’armalariga majburiy ajratmalarni to’lashdan ozod etilishi fuqarolarimizga yaratib berilayotgan yana bir keng imtiyozlardan biri bo’ldi.

Mazkur uy-joylar aynan aholining kam ta`minlangan, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlamlari uchun mo’ljallangani mamlakatimizda har bir oila o’z uyiga ega bo’lishini ta`minlaydigan muhim mexanizm vazifasini bajaradi. Shuningdek, bu xalqimizning turmush darajasini oshirish va farovonligini ta`minlashga xizmat qiladi.

 

Alisher HIDOYATULLAEV,

Bosh prokuraturaning

Oliy o’quv kurslari

kafedra boshlig’i v.b.                          

Foydali havolalar