(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Insonparvar siyosatning eng yorqin ko‘rinishi

Jamiyat
Dekabr23/ 2017

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch» asarida shunday yozadi: «Inson o‘z timsolida ham moddiy, ham ma`naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli mo‘`jizasidir. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala».

Inson har doim erkinlikka, adolatga intilib yashaydi. Shuning uchun mustaqillikning ilk yillaridanoq mamlakatimizda fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish oliy qadriyat darajasiga ko’tarildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoni esa ana shu ezgu ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi, deyish mumkin.
Farmonda respublikamiz hududida Xalq qabulxonalarining tashkil qilinishi aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’rnatish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishning samarali usuli ekaniga urg’u berildi. Mazkur tizim jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilishi, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so’zsiz amalga oshirilishini ta`minlashi bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Farmonda belgilangan maqsadlarning amalga oshirilishi har bir fuqaroning shu yurt ravnaqiga, farovonlik, tinchlik-osoyishtalikka, qolaversa, buyuk kelajagimizga daxldorligini oshiradi, ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Har bir tuman va shaharda ham «Xalq qabulxonalari» tashkil etilishi va ularning to’laqonli faoliyat ko’rsatishini ta`minlash esa odamlar bilan ochiq muloqotda bo’lib, aholini o’ylantirayotgan masalalardan boxabar bo’lish, fuqarolar maqsad va manfaatlarini ro’yobga chiqarishda muhim o’rin tutadi.
Ayniqsa, bunday qabulxonalarning siyosiy partiyalar tizimida ham faoliyat ko’rsatishi partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalarining xalq manfaatlari yo’lidagi tashabbuslarini, sa`y-harakatlarini yanada kengaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, siyosiy partiyalar va barcha darajadagi xalq vakillarining mas`uliyatini, aholi oldidagi hisobdorligini ham oshiradi.
Zero, xalq vakili haqiqiy ma`noda odamlarni o’ylantirayotgan masalalarni hal etish, ularning og’irini yengil qilishga ko’makdosh bo’lishi, shuningdek, aholining o’y-fikrlarini, takliflarini quyidan yuqori bo’g’inga olib chiqib, aniq natijaga erishishga intilishi lozim.

Guliston ANNAQILIChEVA,
Oliy Majlis Senati a`zosi

Foydali havolalar