(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Izlangan imkon topadi

  • 2207
  • 2207
Jamiyat
Dekabr23/ 2017

«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, o‘tgan yilning o‘zida 4 ming 27 ta loyiha amalga oshirildi. Buning uchun 545 milliard so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan. Bu haqda bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

 

Loyihalarni amalga oshirish hisobiga 24 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etildi. Shuningdek, fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jalik texnikalari bilan ta`minlashga yo’naltirilgan salkam 110 milliard so’m kredit mablag’lari hisobiga fermerlar 686 ta haydov va chopiq traktori, 305 ta kombayn, 70 ta paxta terish mashinasiga ega bo’ldi.

«Oddiy aholini tadbirkor qilish» shiori ostida bankda maxsus boshqarma tashkil etildi. Natijada har bir xonadonga maktublar yo’llanmoqda. Unda aholining tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan maxsus so’rovnomalar joy olgan.

Shu kungacha 890 mingdan ziyod xonadonga ana shunday maktublar jo’natildi, – deydi «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankning aholini tadbirkorlikka jalb etish va jismoniy shaxs­larni kreditlash departamenti bo’lim boshlig’i O’tkir Nig’matov. – Aholi tadbirkorlikning u yoki bu turi bilan shug’illanish istagini bildirmoqda. Eng muhimi, boshlangan ezgu ishlarni izchil davom ettirish uchun bankning moliyaviy imkoniyatlari yetarli.

 

Ma`murjon QIYOMOV,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar