(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Qonun ustuvorligini ta`minlash – bosh maqsadimiz

Jamiyat
Dekabr23/ 2017

Yaqinda kuchga kirgan «O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, 8 yanvar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

 

Shu munosabati bilan 2017 yil 7 yanvar kuni Prezident­imiz Shavkat ­Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashib, ularni kasb bayrami bilan qutlash barobarida, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta`minlash borasida soha xodimlari oldida turgan eng muhim ustuvor vazifalar haqida o’z fikrlarini bayon etdi.

Avvalo, shuni qayd etish lozimki, O’zbekistonda prokuratura o’ziga xos kons­titutsiyaviy-huquqiy institut bo’lib, Konstitutsiyamizning alohida bobida uning maqomi, huquq va vakolatlari o’z aksini topgan. Xususan, uning 118-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasida prokuratura qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarkibiga kirmaydigan mustaqil institut hisoblanadi. Bunday yuksak huquqiy maqom mazkur organning inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatdagi qonun ustuvorligini ta`minlashdagi ulkan rolini yaqqol ko’rsatadi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev­ soha xodimlari bilan uchrashib, ular faoliya­tini yanada kuchaytirishning muhim yo’nalishlari haqida so’z yuritar ekan, avvalo, odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, adolatsizlikka chiday olmaydi. Jamiyatda adolat barqaror bo’lishida prokuratura organlarining o’rni katta bo’lmog’i kerakligini ta`kidladi. Zero, adolat ustuvor bo’lgan joyda baraka bo’ladi, tinchlik xukm suradi, fuqarolarning farovonligi ta`minlanadi, mamlakat yanada rivojlanadi.

Yana bir muhim jihat – prokuratura organlari kundalik hayotimizda qonun ustuvorligini ta`minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi zarur. Darhaqiqat, jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligining kafolati, xalqimiz turmush darajasini yuksaltirish, mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni qaror toptirishning muhim omilidir.

Mazkur tamoyillar bir tomondan, prokuratura organlari xodimlarining zimmasiga ulkan mas`uliyat yuklagan bo’lsa, ikkinchi tomondan, aholining davlat organlariga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida prokuratura organlari xodimlari inson manfaatlari ustuvorligini ta`minlashi, bironta ham murojaat e`tibordan chetda qolmasligi kerakligiga jiddiy qaralayotgani keng jamoatchilikning e`tirofiga sazovor bo’ldi.

Ma`ruzada prokuratura organlari faoliyati ustidan ta`sirchan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalasiga e`tibor qaratilgani ham muhim ahamiyatga ega. Prezidentimizning prokuratura organlarining hududlardagi rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish amaliyotini joriy etish borasidagi tashabbusi ertangi kunda soha hodimlarining mas`uliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Nafaqat prokuratura organlarining, qolaversa, barcha darajadagi rahbarlar, hokimlar, ichki ishlar idoralari boshliqlarining fuqarolar oldida hisobot berish tizimining joriy etilishi inson manfaatlarini ro’yobga chiqarishda, jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash hamda adolatli jamiyat barpo etishda muhim mezon bo’lib qoladi.

Davlatimiz rahbarining prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashuvdagi ma`ruzasida ilgari surilgan fikr­lar, shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan yangi islohotlar, inson manfaatlariga yo’g’rilgan tashabbuslar barchamizning faoliyatimizga yangi mazmun olib kirmoqda. Xalqimiz, jumladan, saylovchilarimiz manfaatlarini himoya qilishda yanada faol bo’lishga chorlamoqda. Zero, barchamizning eng asosiy maqsadimiz ham xal­qimiz uchun xizmat qilish, qonun va adolat ustuvor bo’lishi uchun kurashish, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishdan iborat.

 

Shuhrat YOQUBOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 

Foydali havolalar