(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Toshtemir polvon o‘rmonda

Jamiyat
Dekabr23/ 2017

«Men ishonaman: dunyoga mashhur polvonlarning bebaho xizmatlari tufayli xalqimiz ma`naviy turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan kurash bugundan e`tiboran yangi hayotini boshlaydi, yanada yuksaladi, jahon uzra keng tarqalib, turli millatlarga mansub millionlab kishilarning sevimli mashg’ulotiga aylanadi» 

Islom KARIMOV

 

1999 yil 1-2 may. Toshkentda kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati o’tkazildi. ­Dunyoning 48 ta mamlakatidan kelgan sportchilar polvonlik ori uchun gilamga chiqdi. Ular orasida 31 yoshli o’zbek polvoni Toshtemir Muhammadiyev barcha raqiblarining kuragini yerga tekkizib, jahon chempioniga aylandi.

Toshtemir Muhammadiyev 1968 yilning 1 mayida Surxondaryo viloyatida tug’ilgan. Kurash bo’yicha jahon chempioni. «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, O’zbekistonning eng yaxshi sportchisi (1999 yil). U 1993 yili Termiz shahrida o’tkazilgan kurash bo’yicha birinchi xal­qaro turnirda kumush medal sohibi bo’ldi. Oradan ikki yil o’tgach, ikkinchi xalqaro turnirda 100 kilogrammlik vazndagi polvonlar orasida mutlaq g’oliblikka erishdi. Kurash bo’yicha O’zbekiston chempioni hayotida 1999 yil unutilmas iz qoldirgan. O’sha yili u Termiz shahrida o’tkazilgan Osiyo chempionatida, ikkinchi xalqaro Prezident sovrini turnirida, shuningdek, Toshkent shahrida bo’lib o’tgan kurash bo’yicha birinchi jahon chempionatida mutlaq g’olib deb topildi.

Ayni paytda Toshtemir Muhammadiyev Surxondaryo viloyatining Boysun tumani markaziy davlat o’rmon xo’jaligi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda. Polvonning bevosita tashabbusi bilan bugun uning o’zi tug’ilib o’sgan «Dashtig’oz» mahallasi hududidagi sobiq 20-maktab negizida milliy kurashga ixtisoslashtirilgan ilk maktab-internati qurilib, joriy yilda foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilgan. Ushbu maktab kelgusida bo’lajak jahon chempionlarini tayyorlaydigan maskanga aylansa, ajabmas.

 

Xayrullo XAYITQULOV

Foydali havolalar