(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Xalq bilan ­muloqotning yangi bosqichi

Jamiyat
Dekabr23/ 2017

2016 yil sentyabr oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining elektron qabulxonasiga respublikamiz aholisidan jami 300 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ularning 40 mingdan ortig‘i elek­tron shaklda yo‘llangani fuqarolarimizning murojaatlarini axborot kommunikatsiya texnologiya­laridan samarali foydalangan holda, qisqa muddatlarda hal qilish imkoniyatini yarat­moqda.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil

28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoni sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko’tardi. Farmonda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo’jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o’rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylanganligi qayd etildi.

Barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuning­dek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimi belgilab berildi.

Farmonga muvofiq, ­O’zbekiston Respublikasi ­Prezidentining Xalq qabulxonasi – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar bosh­qarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzildi.

Bu esa, fuqarolarning xalq qabulxonasiga qilgan har bir murojaati davlat rahbarining nazorati darajasida ko’rib chiqilishini anglatadi. Xalq qabulxonalari nafaqat markazda balki Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda tashkil etilishi keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish va xursand­chilik bilan kutib olindi.

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarga murojaatlarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning virtual qabulxonasi ham tuzildi. Unga ko’ra, endilikda fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mazkur virtual qabulxonaga murojaat qilishi mumkin bo’ladi.

Farmonga ko’ra, mazkur jarayonlarni nazorat qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tarkibiy tuzilmasida alohida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati ham tashkil etilib, uning bir qator muhim vazifalari belgilandi.

Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning faoliyatini me`yoriy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta`minlash zarurligi qayd etilgan. davlat organlari va xo’jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini, shu jumladan, joylarga sayyor chiqishlarni tashkil etish hamda kelib tushayotgan murojaatlar bo’yicha tezkorlik bilan tegishli chora-tadbirlarni ko’rish orqali nazorat qilish va muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.

Endilikda Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan, tegishliligiga ko’ra davlat organlari va xo’jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko’rib chiqish va ular bo’yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazorat amalga oshiriladi.

Bu hech bir murojaat e`tibordan chetda qolmasligini anglatadi. Joylarda islohotlarga to’siq bo’layotgan sun`iy g’ovlarni bartaraf etishga yordam beradi.

 

Fahriddin Xolboyev,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati

Foydali havolalar