(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Barkamol avlod» – o‘quvchilar orzusidagi maskan

  • 2275
  • 2275
Jamiyat
Dekabr25/ 2017

Zarina uchun bu yilgi qishki ta`til foydali o‘tdi. O‘zi qachondan buyon qiziqib yurgan notiqlik va dramaturgiya bo‘yicha yangi bilimlar olish, san`at sirlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uyi yaqinida ish boshlagan «Barkamol avlod» bolalar markazi u va uning tengdoshlari uchun mahorat manziliga, yangidan-yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyati yaratilgan darsxonaga aylandi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 fevraldagi «Maktabdan tashqari ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan «Barkamol avlod» bolalar markazlari o’quvchilarning bo’sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo’naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Zarina singari o’quvchilarni o’z atrofiga jalb etgan Qashqadaryo viloyatidagi «Barkamol avlod» bolalar markazlariga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan 7 mingdan ziyod o’g’il-qiz qamrab olindi. Badiiy ijod, chet tili, texnik ijodkorlik, o’lkashunoslik va ekologiya yo’nalishlari bo’yicha faoliyat yuritayotgan to’garaklarda yoshlarning bilim va mahoratini oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Markazimizga 380 ga yaqin o’quvchi jalb etilgan, – deydi viloyat «Barkamol avlod» bolalar markazi rahbari Muhayyo Meyliyeva. – Ularning har biri o’zi qiziqqan yo’nalish doirasida malakali ustozlar, soha mutaxassislariga biriktirildi. Yoshlarimizning asosiy qismi milliy hunarlarimiz bilan bir qatorda zamonaviy san`at yo’nalishlariga katta qiziqish bildirmoqda. Qishki ta`til kunlarida «Yosh rassomlar», «Til bilgan – el bilar», «Aql charxi», «Eng yosh ixtirochi», «Zumrad qishning ziynati», «Doira zarbi navolari», «Yosh pazanda» kabi ko’rgazma va ko’rik-tanlovlar o’tkazildi. Foliblarimizga turli yo’nalishlardagi kitoblar taqdim etildi. Bu bilan o’quvchi yoshlar orasida kitobga bo’lgan muhabbatni yanada kuchaytirishni maqsad qilganmiz.

Markaz qoshida mo’`jazgina kutubxonaning tashkil etilgani va bu yerda yosh kitobxonlar uchun barcha sharoitlarning yaratilgani o’quvchilarning kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilyapti.

Bu yerga kelib, bir qator qiziqarli kitoblarni mutolaa qilib, qishki ta`tilni ham maroqli o’tkazdim, – deydi Nurmuhammad Ochilov. – Markaz kutubxonasida jahon va o’zbek adabiyotining eng sara asarlari mavjud. Men Sidney Sheldonning «Intiqib kutaman ertani…» romanini o’qib chiqdim. Asardagi voqealar rivoji, qahramonlarning kechinmalarining go’zal bayoni menda katta taassurot qodirdi. Bu kitobni bir necha teng­doshlarimga ham o’qish uchun tavsiya etdim.

Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida ish olib borayotgan bu kabi markazlar o’quvchilarning sevimli manzillariga aylanib ulgurdi.

Munisxon KARIMOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar