(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Baxilaning bahosi qancha unga belgilangan narx nega bemorlarga malol kelayapti?

  • 2266
  • 2266
Jamiyat
Dekabr25/ 2017

Baxila so‘zining lug‘aviy ma`nosi — dehqonlar kiyadigan poyabzal, jaydari til bilan aytganda choriq degan tushunchani anglatadi. Yupqa polietilendan tayyorlanib, payabzal ustidan qoplanadigan va bir marta foydalaniladigan bu ashyo shifoxonalar, muzeylarda tozalik va ozodalikni saqlashda juda qo‘l kelmoqda. Ammo u chakana savdo vositasi hisoblanmaydi.

Bugun ayrim tibbiyot muassasalarida bemor va ularning hamrohlariga majburiy tartibda baxila sotiladi. Uni xarid qilishdan bosh tortganlar ichkariga kiritilmaydi. Shifoxona eshigidanoq odam boshiga 500 so’mdan to’lab kirish ko’pchilikning e`tiroziga sabab bo’ladi. Chunonchi, respublika ixtisoslashtirilgan fziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, A.Vohidov nomidagi respublika jarrohlik markazida buning shohidi bo’ldik.

Ularning birinchisida baxilani sotish hamshiralarga yuklatilgan bo’lsa, ikkinchisida bu yumushni qo’riqlash xizmati xodimlari bajarayotganini ko’rib g’oyat ajablandik. Naqd pulga, kassaga kirim qilmasdan sotilayotgan bu gigiyenik vositadan tushayotgan daromad qayerga ketadi? Ko’rilayotgan foyda qaysi maqsadlarda ishlatiladi?

Bu savollarni bejiz o’rtaga tashlamayapmiz. Chunki Respublika miqyosidagi yirik shifoxonalarga bir kunda o’rtacha besh yuzdan ortiq bemor va uning yaqinlari kelib ketadi. Agar ularning har biriga 500 so’mdan shuncha juft baxila sotilganda ham uning bir kunlik tushumi 250 ming so’m atrofida bo’ladi. Uni bir oy va bir yilga ko’paytirilsa, kattagina mablag’ kelib chiqadi. Bu mablag’ to’g’ri maqsadlarda ishlatilsa, nur ustiga a`lo nur, aksincha bo’lsa, uni nazoratga olish zarur, deb hisoblaymiz.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasidagi holat biroz boshqacharoq. Bu yerga kiraverishda zamonaviy avtomatga duch kelasiz. Unga 500 so’m qistirsangiz, bir o’zingizga, 1000 so’m qistirsangiz, bolangizga ham baxila beradi. Bir yo’la pattasini ham chiqaradi. Bu yaxshi, lekin kirayotganlarning aksariyati avtomatga e`tibor bermay o’tayotgani bizni hayron qoldirdi. Bolasini yetaklab olgan o’rta yoshli kishiga yuzlanib, nega avtomatdan baxila olmagani bilan qiziqdik.

– Qimmat-ku! Arzimagan matohga ham shuncha baland narx qo’yishadimi? – dedi norozi ohangda.

Darhaqiqat, uning narxini kim belgilagan? Bu yerga o’z-o’zidan kelib qolmagan-ku, axir?

– Biz hech kimni avtomatdan foydalanishga majburlamaymiz, – dedi klinika bosh shifokori Gulra`no Usmonova. Narxini ham firmaning o’zi mus­taqil belgilagan. Unga bizning daxlimiz yo’q.

Xullas, masalani o’rganish chog’ida baxilaga belgilangan narx bemorlarga malol kelayotganining guvohi bo’ldik. Shu boisdan baxila sotadigan avtomatlarni o’rnatish chog’ida tuziladigan uch tomonlama ijara shartnomasida uning narx-navosiga ham e`tibor qaratilsa, foydadan xoli bo’lmasdi. Bundan tashqari, baxilani batamom bepul qilish vaqti kelmadimi? Ozodalik va tozalikni saqlashdan, eng avvalo, muassasaning o’zi manfaatdor-ku! Buni bemorlar va ularning yaqinlari bo’yniga yuklash insofdanmi? Bu borada Respublika onkologiya ilmiy markazining ish tajribasini ommalashtirish o’rinli. Bu yerda baxila barcha uchun bepul va bu hamma joyga ko’rinarli qilib yozib qo’yilgan.

 

Norbobo Shakarov,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar