(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Bugunning tadbirkor ayollari

Jamiyat
Dekabr25/ 2017

Bugungi kunda zamonaviy ayol haqida so‘z borganda dadil, ishbilarmon zamondoshlarimiz ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Zotan, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz ayollarida o‘z biznes ishini yuritishga ishtiyoq ham, imkoniyat ham sezilarli darajada o‘sdi. ularning bu boradagi sa`y-harakatlari davlat tomonidan har taraflama qo’llab-quvvatlanmoqda.

 

1991 yilning iyun oyida Markaziy Osiyoda ayollarning birinchi nodavlat notijorat tashkiloti – «Tadbirkor ayol» O’zbekiston Ishbilarmon ayollar uyushmasi tuzildi. Bugungi kunda 14 ta hudud va 78 ta tuman bo’limlarini birlashtirgan uyushma safida 12 ming­dan ortiq a`zo bor.

Keyingi 10 yil mobaynida uyushmada 40 mingdan ortiq ayolga tadbirkorlik sir-sinoatlari o’rgatildi, ularning har to’rttasidan uchtasi hozir biznes ishini ochib muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqda, – deydi «Tadbirkor ayol» O’zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi rahbari Gulnora Mahmudova. – Xotin-qizlardan 50 mingdan ortig’i qo’shimcha kasb egalladi, aksariyati o’z ishini topishga muvaffaq bo’ldi. Uyushma tarmog’i muttasil kengayib bormoqda. Keyingi yarim yilning o’zida 40 ta yangi tuman va shahar bo’linmalari ish boshladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan bir yarim mingdan ortiq tadbirkor ayol uyushma va qator davlat hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilayotgan tanlovga o’z loyihalarini taqdim etdi. Ulardan 42 tasi «Ishlab chiqarish sohasidagi eng yaxshi loyiha», «Servis sohasidagi eng yaxshi loyiha», «Qishloq joylar uchun eng yaxshi loyiha» nominatsiyalarida yakunlovchi bosqichga chiqdi. Biznes loyihasi birinchi va ikkinchi o’ringa loyiq topilgan tanlovning 28 nafar g’olibasiga jami 4 milliard 123 million so’m miqdorida bank kreditlari olish uchun sertifikatlar topshirildi.

Keng ko’lamdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan tajribali ishbilarmon ayollar bilan bir qatorda tanlovda kollej bitiruvchilari ham ishtirok etdi.

Kasb-hunar kollejini ikki yilcha oldin tamomlab, o’z biznes ishimni yo’lga qo’ygandim, – deydi «Servis sohasidagi eng yaxshi loyiha» nominatsiyasi sovrindori, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi «Madadkor» MChJ rahbari Xursanoy Temirova. – Hozirgi vaqtda tengdoshlarimdan 35 nafarini ish bilan ta`minladim. Biz maxsus ust-bosh, maktab o’quvchilari kiyimi, shuningdek, sumkalarini ishlab chiqaryapmiz. Tanlovda milliy kiyimlarga bezak berish, pillani qayta ishlashni nazarda tutuvchi loyiham g’olib bo’ldi.

Biznesni yuritish biroz murakkab soha sanaladi. Bunda yutuqqa erishishning kafolatlangan tayyor andozasi yo’q. Tadbirkorlik bobida kimningdir omadi yurishmagan taqdirda ham, shu asnoda orttirgan tajriba va ko’nikmalari uning hayotda munosib o’rnini topish imkoniyatini oshiradi. «Tadbirkor ayol» uyushmasi ana shularni ko’rish va anglab olishga yordam beradi.

 

Munisxon KARIMOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar