(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Chiqindilar kelajak kushandasi

  • 2272
  • 2272
Jamiyat
Dekabr25/ 2017

Bugungi kunda chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirishi natijasida tabiatga, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklariga xavf tug‘dirmoqda. Shu bois ayni paytda ularni to‘plash, saqlash, tashish, yo‘q qilish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish, turlarga ajratish hamda qayta ishlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Yersuvnazorat bosh bosh­qarmasi boshlig‘i o‘rinbosari No‘`monjon ShOKIROV bu borada olib borilayotgan ishlar xususida gapirib berdi.

 

— Ma`lumotlarga ko’ra, dunyo bo’yicha bir kunda 5 milliard 754 million kilogramm chiqindi tashlanadi. Afsuski, uning 30 foizigina qayta ishlanadi. O’zbekiston bo’yicha bu ko’rsatkich 37 million 440 ming kilogrammni tashkil etadi. Chiqindilar turli qimmatbaho metall, shisha idishlar, makulatura, plastik, yerga o’g’it bo’la oladigan oziq-ovqat mahsulotlarining qoldiqlaridan iborat. Albatta, ularning ichida tabiatga xavf tug’diradigani ham bor. Masalan, batareykalar ichidagi simob, lyuminissent lampalardagi fosfor-karbonat va maishiy eritmalardagi toksik kimyoviy moddalar, buyoqlar, yog’och buyumlarni asrash uchun ishlatiladigan turli kimyoviy qoplamalar. Ularni qayta ishlash elektr energiya va suvdan foydalanishni bir necha barobarga kamaytiradi. Xususan, alyuminiyni boksit o’rniga chiqindidan ajratib olish elektr quvvatining sarfi va atrof-muhit ifloslanishini 95 foizga kamaytiradi. Makulaturadan qog’oz olish esa nafaqat daraxt kesilishidan asraydi, balki elektr quvvatining sarfini to’rtdan uch qismga kamaytiradi. Ya`ni 1 tonna qog’ozni qayta ishlab chiqarishga uni yog’ochdan tayyorlash uchun ketadigan suvning yarmi sarf bo’ladi.

– Rivojlangan mamlakatlarda qattiq maishiy chiqindilarning ko’p qismi ikkilamchi xom­ashyo sifatida qayta ishlanadi. Demak, chiqindilarni qayta ishlashni yo’lga qo’yish ishlab chiqarishning yangi tarmog’ini rivojlantirish, muammoni hal etishning eng muqobil yo’llaridan biri, desak, bo’ladimi?

– Bugungi kunda mamlakatimizda chiqindilarni utilizatsiya qiladigan va qayta ishlaydigan korxonalar barmoq bilan sanarli. Shunga qaramay, ayni kunda 280 tadan ortiq korxonada qog’oz, plas­tik, rezina, shisha, metall va bosh­qa ikkilamchi chiqindilar qayta ishlanmoqda. respublikamizda yiliga yuz million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi, 14,5 million tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo’ladi. Chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotgani hamda ular 12 ming gektar maydonni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta`sirini tasavvur etish qiyin emas.

Tibbiyot chiqindilari aholi orasida nafaqat to’g’ridan-to’g’ri, balki bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug’diradi. Sog’liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko’ra, 1170 ta davolash muassasalarida bir kunda 300 tonnaga yaqin tibbiy chiqindilar hosil bo’ladi. umuman olganda, chiqindilarni qayta ishlash koni foyda. Sohani rivojlantirish uchun ishlab chiqarishga kam chiqim texnologiyalarni jalb etish, yangi korxonalarni tashkil etish lozim.

– Chiqindilar hatto Ozon qatlamini ham yemirishi mumkin, degan xavotir qanchalik o’rinli?

– Albatta, chiqindilar bevosita ozon qatlamiga salbiy ta`sir qiladi. Masalan, biz foydalanadigan aerozol idishlar (havo tozalovchi, dezodarant va hokazo) tarkibida stratosferada ozonni yemiradigan moddalar mavjud. Ozon qatlamining yemirilishi odamlarda saraton kasalligini keltirib chiqaradi. Chiqindilarni qayta ishlash bugungi kunda mazkur muammoni qisman bo’lsa-da hal etadi. Afsuski, aholining aksariyat qismi qayta ishlangan chiqindidan tayyorlangan buyumlarni sog’liqqa zarar deb biladi. Aynan shunday noto’g’­ri qarash chiqindini qayta ishlashga to’sqinlik qilmoqda.

So’nggi yillarda plastik yetakchi o’ringa chiqdi. Plastikni boshqa materiallar bilan qo’shilgan holda ishlab chiqarish uning yaroqlilik muddatini uzaytiradi. Boshqa materiallardan farqli o’laroq, u nur va bakteriyalar ta`sirida deyarli parchalanmaydi. Uning yo’q bo’lishi uchun kamida 200 yil kerak ekan.

Bundan tashqari, undagi xlor birikmalari atmosferaga chiqqanida, quyosh nurlari undan xlor atomlarining ajralib chiqishiga sabab bo’ladi. Xlor ozon qatlamini yemiruvchi kim­yoviy moddalardan biridir. Agarda uning atmosferaga chiqib ketish miqdori oshsa, yerga tushayotgan ultrabinafsha nurlarning ko’payishi, o’z nav­batida, teri va onkologik kasalliklar ortishiga olib kelishi mumkin. Ayni paytda biologik jihatdan parchalanadigan plastik turini ishlab chiqarish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.

– So’nggi paytlarda elektron chiqindilar degan tushuncha paydo bo’ldi. Bu yangi bir ekologik muammoni yuzaga keltirmaydimi?

– Har yili yer yuzida 2 million tonnaga yaqin elektron chiqindi paydo bo’ladi. Afsuski, bu chiqindilarning faqat oltidan bir qismi qayta ishlanadi. Garchi o’z muddatini o’tagan texnika vositasi barcha qattiq maishiy chiqindilarning taxminan 5 foizini o’z ichiga olsa-da, mazkur chiqindi turi atrof-muhit muhofazasi va inson salomatligiga g’oyatda salbiy ta`sir ko’rsatadi. Misol uchun, birgina mobil aloqa vositasi 500 tadan 1000 tagacha turli qismlardan tashkil topgan. Ularning ko’pchiligi zaharli og’ir metallar – qo’rg’oshin, simob, kadmiy, berilliy kabi xavfli kimyoviy moddalarni o’z ichiga oladi.

Biroq barcha aybni mobil aloqa vositalariga ag’darish ham to’g’ri emas. Tadqiqotchilarning fikricha, elektron chiqindilarning 60 foizini maishiy texnika qurilmalari: 18,8 million tonna muzlatkich, kir yuvish mashinalari; 12,8 million tonna mikroto’lqinli pechlar, tosterlar elektron chiqindilarning yangi-yangi tog’larini bunyod etmoqda. Mutaxassislar bunday chiqindilar miqdori ko’payib borayotganini elektron uskunalar ishlab chiqarish sohasining jadal rivojlanayotgani, iste`molchilar o’z telefon va smartfonlarini tez-tez almashtirayotgani, eskilarini esa tashlab yuborayotgani bilan bog’lamoqda.

Mamlakatimizda ham chiqindilar to’planishi muammosi mavjud bo’lib, ularni qayta ishlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va «Toshrangmetzavod» aksiyadorlik jamiyatining O’zbekiston Respublikasida aholining ekologik faolligini oshirish, qattiq maishiy va elektron chiqindilarni utilizatsiya qilishga yo’naltirilgan atrof-muhit muhofazasi bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha 2016-2020 yillarga mo’ljallangan qo’shma tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 2016 yilda mazkur korxona tomonidan 180 tonna elektron chiqindilar qayta ishlandi.

– Bugun Toshkent shahrida chiqindilar tashlash uchun mo’ljallangan axlat qutilari aholi ehtiyojini qondiradimi?

– Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorlikda poytaxt ko’chalari, xiyobonlar, maydonlarga maxsus chiqindi qutilarini joylashtirish hamda nazorat qilish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Poytaxtimiz hududidagi chiqindilarni olib chiqib ketish uchun Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari hozirgi vaqtda 113 dona traktor, 281 dona pritsep va 120 dona avtomashina (chiqindi tashuvchi, samosval va bort­li)lar bilan ta`minlangan.

Chiqindi tashlash qutilarini o’rnatish oraliq masofasi kommunal xo’jalik xizmatlari tomonidan mustaqil belgilanadi va aholi gavjum joylarda har 50 metrda, aholi kam qatnaydigan joylarda ko’pi bilan har 100 metr­da o’rnatilishi belgilangan. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, Toshkent shahri bo’yicha axlat qutilariga bo’lgan ehtiyoj 12 ming 228 dona bo’lib, ayni paytda ularning 7 ming 414 tasi o’rnatildi.

Toshkent shahar hokimining 2015 yil 3 sentyabrdagi farmoyishi bilan Markaziy avariya dispetcherlik xizmati korxonasiga chiqindi tashlash qutilarini tayyorlash maqsadida zarur materiallar xarid qilish uchun mablag’ ajratildi. Mazkur mablag’ hisobiga 2016 yilda Toshkent shahriga 3090 dona axlat qutisi o’rnatildi.

 

Anvar ShEROV suhbatlashdi.

Foydali havolalar