(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Ma‘naviy boyligimizni asraylik

  • 2257
  • 2257
Jamiyat
Dekabr25/ 2017

Ahli donishlarimiz bolaning bir qo‘liga non, bir qo‘liga kitob bering, deyishadi. Bu bilan kishi uchun moddiyat qanchalik muhim bo‘lsa, ma‘naviyat ham shunchalik ahamiyatga egaligi ta‘kidlanadi. Binobarin, eng yaxshi do‘st, eng yaxshi sovg‘a bo‘lgan kitob nafaqat tarixni va bugungi kunni anglash, balki porloq kelajakni qurish yo‘lida ham muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Prezidentimiz buni naqadar teran idrok etib, 2016 yil yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan majlisdagi ma`ruzasida kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishni alohida vazifa sifatida qo’ydi. Bu barcha ziyolilar, ilm ahlini nihoyatda quvontirdi. Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketgani ham inobatga olinayotgani mazkur sohaning zamon bilan hamnafas rivojlanishini ko’rsatadi.

Davlatimiz rahbari milliy ma`naviy merosimizni tiklash, kitob targ’ibotini kuchaytirishga katta e`tibor qaratib, shunday dedi: «Bosh vazirga alohida komissiya tuzib, bir oy muddatda darsliklar, maxsus va badiiy adabiyotga bo’lgan real ehtiyojni, ularni boshqa tillarga tarjima qilish, ular bilan o’quv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta`minlash bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish topshiriladi». Aytish kerakki, bu topshiriq yaqindagina chiqarilgan mazkur sohadagi farmoyishning uzviy davomi bo’ldi.

Gap yoshlar tarbiyasi va ma`naviyati haqida borar ekan, bu Vatan taqdiriga daxldorlik hissini tuyadigan har bir kishining burchi ekanini anglamog’imiz zarur. Kitob targ’ibotini ham faqatgina mutasaddi vakillar emas, balki barchamiz birday olib borishimiz kerak. Hamma o’z farzandining kitob o’qishini ta`minlasa, nashriyotlar har bitta kitob ustida sidqidildan bosh qotirsa, o’qituvchilar o’z ustida tinimsiz ishlasa, mahallalarda, ta`lim muassasalarida kitobxonliklar tashkil etilsa, kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar ko’paysa, o’ylaymanki, tez orada kutilgan natijaga erishamiz.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov­ning «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch» asarida ta`kidlanganidek, «Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-ming­lab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san`at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me`morlik, dehqonchilik va bosh­qa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma`naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi». Shunday ekan, ulkan ma`naviy merosimizni asrash yo’lida Yurtboshimizning tashabbuslari so’zsiz bajarilishini ta`minlashimiz zarur.

 

Muhammadali EShNAZAROV,

Respublika Ma‘naviyat targ‘ibot

markazi eksperti 

Teglar:

Foydali havolalar