(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Tug‘uruqxona odatlari odobdan tashqari…mi?

  • 2254
  • 2254
Jamiyat
Dekabr25/ 2017

«Tug‘uruqxonadan chiqyapmiz… Quchog‘im anvoyi gullarga to’lgan. Otasi o‘g‘limizni opichlab, mag‘rur qadam tashlayapti. Eshik oldida qarindoshlar o‘rab olishdi. Tabriklardan boshing aylanib ketadi-ya. Suratkash goh o‘ngdan, goh chapdan o‘tib, suratga olyapti. O‘g‘limiz «Masha», «Ayiq», «Bo‘ri»lar bilan qo‘ldan-qo‘lga o‘tib rasmga tushyapti. Ana endi, maxsus buyurtirilgan qop-qora mashinaga o‘tirib uyga ketamiz».

 

 

…Nargizaning shirin xayollarini ko’chadan kelayotgan ovozlar bo’lib yubordi. U derazaning ochiq tabaqasidan pastga qaradi. Yangi onaning xayolini band etgan voqea shundoqqina ko’z o’ngida sodir bo’layotgan edi.

Uning ruhi tushdi. Ko’zlarini jovdiratib turgan bolasiga qarab o’zicha gapirdi: «Shifokorlar indinga ruxsat berishadi. Otangdan haligacha darak yo’q. Dori-darmonu «suyunchi»ga atab qo’ygan pullarini sarflab bo’lgan, chog’i. Qarz ko’tarmagan bo’lsin-da, ishqilib. Oddiygina quruvchining o’g’li bo’lsang, bizni bunaqa dabdabalarga qurbimiz yetmaydi. Ammo butun tug’uruqxonadan men kabi ayollar qarab turganda, hech bo’lmasa ko’rimliroq mashinada olib ketsa yaxshi bo’lardi»…

 

Yasama obrO’dan

kimga naf?

 

Inson uchun eng oliy baxt otalik, onalik martabasiga erishish. Farzand oilaga bir olam quvonch, fayz olib keladi. Nasl davomchisini munosib qarshi olish kerak, albatta. Biroq uni tug’uruqxona ostonasidan oliftagarchilikka, hashamatbozlikka, takabburlikka o’rgatib qo’ymayapmizmi? Yasama obro’ orttirish maqsadida eng so’nggi rusumdagi mashina, kattagina ziyofat qilish uchun falon so’m sarflash qanchalik to’g’ri? Bugun sizni ko’klarga ko’tarib maqtagan, havas bilan boqqanlar ertaga sizdan oshirib ziyofat berishni niyat qiladi. Ular uchun ona-bolaning salomatligi ikkinchi darajaga tushib qoladi.

Tug’uruqxonadagi ayollar suhbatining asosiy mavzusi: «kim, qachon, qanday mashinada chiqadi?», «suyunchi» pulini kim ko’proq oldi?». Tezroq shifoxonadan chiqsayu atrofdagilarga pulining kuchini ko’rsatib qo’ysa.

– Ayol tug’uruqdan keyin, albatta, shifokor nazoratida bo’lishi lozim, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasining ikkinchi klinikasi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Xurshida Shodiyeva. – Boshida ona va tug’ilgan chaqaloqning sog’lig’i yaxshi ko’ringani bilan, bir-ikki kundan keyin salbiy tomonga o’zgarishi mumkin. Ammo tug’uruqning ertasiga ayolning turmush o’rtog’i ona-bolaga ruxsat berishimizni so’rab keladi. Biz qanchalik e`tiroz bildirmaylik, ularni olib ketishga harakat qiladi. Emishki, fotosuratchi, multfilm qahramonlari, mashinani gaplashib qo’yganmish. Aksariyat ota-onalar e`tibor, maqtovga juda mo­yil bo’ladi. Ularning nazdida ana shunday dabdaba bilan mahallaga kirib borsa, qo’ni-qo’shni, do’st-dushman oldida obro’ olish mumkin. Aslida, eng asosiysi, ona-bola salomatligi emasmi? Ularga alohida parvarish zarur. Mashinayu karnay-surnayga sarflangan pulni ona-bola salomatligiga ishlatsa, mantiqan to’g’ri bo’lardi.

 

Qimmatli

«buyum»ingizni

nazardan asrang!

 

Yuqorida aytilganidek, ayrim ota-onalar uchun yangi tug’ilgan chaqaloq ko’rgazmadagi qimmatli «buyum»ga aylantirilmoqda. Uning tomoshasi tug’uruqxona ostonasidan boshlanadi. Uyda ham keldi-ketdilarning keti uzilmaydi. Hali hech narsani anglab yetmaydigan chaqaloq ko’rmanalarining ham uchi ko’rinmaydi.

– Ilgari chaqaloq uyga borgandan uch kun o’tib, faqat qarindoshlar ko’rgani borardi xolos, – deydi uy bekasi Dildora Tolibjonova. – Boshqalarga ko’rsatishmasdi. O’sha xonadon «chillali» uy hisoblanar, chaqaloqni ko’pchilikning nazaridan uzoq tutishardi. Bu kabi an`analar bugungi kunda ham ko’p joylarda saqlab qolingan, lekin ba`zida yosh oilalar tomonidan ortiqcha dahmazalar qo’shilmoqda. Ularning qilayotgan bu kabi ishlari maqtanchoqligu cho’ntakka zarardan boshqa narsa emas.

…Nargizaning turmush o’rtog’i qo’lida oddiygina guldasta bilan tug’uruqxonaga kirib keldi. Ayol ko’nglidan o’tgan gaplarni unga aytolmadi. Ammo uzun mashinadan umid qilardi. U oddiy bo’lsa-da, xushbo’y gullarni bag’riga bosgancha ko’chaga chiqdi.

Hech qanday karnay-surnay sadolari jaranglamadi, fotosuratchi, «Masha»lar ularni kutmasdi. Nargiza hammasini tushundi, «erimning puli yo’q».

Katta yo’ldan mashina gaplashib uyga borishdi. Ularni qarindosh-urug’, qo’ni-qo’shni ochiq chehra bilan kutib oldi. Ana shunda Zafar aka xotiniga atalgan «sovg’a»ni ko’rsatdi. Farzandli bo’lgan ota o’tgan uch kun ichida o’g’li uchun bolalar xonasi tayyorlabdi. Xonaga tanlangan rang, har xil o’yinchoqlar, turfa kiyimchalar… Nargiza shifoxonadagi bo’lmag’ur xayollarini bir zumda unutdi. Qo’lidagi gullarni to’yib-to’yib hidladi, u turmush o’rtog’ining bunday mehribonchiligidan mamnun edi…

Deyarli har kuni tug’uruqxona atrofida odatga aylangan quloqni qomatga keltiruvchi musiqa sadolari to’lg’oq tutayotgan ayolga, shifokorlarga, ayniqsa, tiniqib uxlayotgan chaqaloqlarga halal beradi. Farzandni shifoxonadan dabdaba bilan olib chiqishdan ko’ra, kelajakda u qanday inson bo’lib voyaga yetishi haqida bosh qotirish maqsadga muvofiq, deb o’ylaymiz.

 

Xurshidjon QODIROV

Teglar:

Foydali havolalar