(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Xalqaro turizm yili

  • 2269
  • 2269
Jamiyat
Dekabr25/ 2017

Jahon sayyohlik tashkilotining ma`lum qilishicha, dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmining 10 foizi, inves­titsiyalarning 11 foizdan ortig‘i, xalqaro eksportning 7 foizi aynan turizm hissasiga to‘g‘ri keladi. Xal­qaro turizm keltiradigan daromad 1995 yilda 373 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich yiliga 1 trillion AQSh dollaridan oshib ketdi.

 

Ayni paytda mazkur sohada 250 milliondan ortiq kishi mehnat qilayotgani esa uning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Aytish joizki, sayyohlikning ana shunday imkoniyatlaridan kelib chiqib, 2015 yilda BMT Bosh Assambleyasi 2017 yilni xalqaro turizm yili deb e`lon qildi. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Taleb Rifaining ta`kidlashicha, 2017 yilga bunday nom berilishi ushbu sohaning jahon iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sohalardagi barqaror rivojlanishga qo’shadigan ulushini yanada oshiradi.

Joriy yilda o’z faoliya­timni yakunlayman, – deydi Taleb Rifai. – O’tgan yetti yil davomida JST faoliyatini, xalqaro turizmni rivojlantirish uchun o’z hissamni qo’shishga harakat qildim. Faoliyatim davomida turizm xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurganiga amin bo’ldim. Ayniqsa, turizm tufayli ko’plab davlatlarda tarixiy obidalarga, fuqarolar xavfsizligiga e`tibor kuchaydi.

Mutaxassislar BMTning ayni qarorini yuqori baholashmoqda. Jahon sayyohlik tashkiloti ma`lumotlariga ko’ra, har yili bir milliarddan ortiq kishi boshqa mamlakatlarga sayohat qiladi. Shu tufayli turizm iqtisodiyotning yetakchi sektoriga aylandi, uning hissasiga global yalpi ichki mahsulotning o’n foizi va umumiy dunyo eksportining olti foizi to’g’ri keladi.

Qolaversa, turizm tobora rivojlanib borishi natijasida so’nggi yillarda uning noan`anaviy turlari, ya`ni ekoturizm, agroturizm, arxeologik va etnografik, eks­tremal sharoitlar turizmi va bosh­qalar shakllana boshladi. Bularning barchasi yangi ish o’rinlari yaratilishiga turtki berdi.

– Turizm nafaqat iqtisodiyotni jonlantiradi, balki mavjud muammolarni bartaraf etishga ham xizmat qiladi, – deydi Taleb Rifai. – Xususan, dunyoning ayrim mamlakatlari sayyohlikni rivojlantirish orqali ekologik hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim izlamoqda. Boz ustiga, turizm davlatlar, xalqlar o’rtasida o’zaro do’stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim vosita hisoblanadi.

Ammo mazkur sektor hali-hanuz ayrim qiyinchiliklar bilan to’qnash kelmoqda. Iqlim o’zgarishi, takrorlanayotgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz, terrorizm balosi sohaga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu bois, turizm bunday muammolarni bartaraf etib borish, sayyohlar talabiga mos takliflar ishlab chiqishni talab etmoqda. Bugungi kunda sayyohlarning asosiy talabi tinchlik hamda har tomonlama xavf­sizlik bo’lib qolmoqda. Masalan, bir paytlar Liviya, Iroq, ayniqsa, Suriya sayyohlarning sevimli maskanlaridan hisoblangan. Zero, bu mamlakatlarda go’zal qadamjolar, tarixiy obidalar mavjud edi. Ammo hozir bu yerlarda boshlangan qurolli to’qnashuvlar sayyohlar oqimini birdaniga to’xtatib qo’ydi.

Nisbatan tinch mamlakatlar ham xavf-xatardan xoli emas. Masalan, noqulay ob-havo, tabiiy ofatlar shular jumlasidandir. Shu bois sayyohlarning favqulodda holatlarga tushib qolmasligi uchun maxsus qo’llanmalar joriy etish, ularni sayyohlar orasida keng tarqatish zarur.

turistlar xavfsizligini ta`minlash nafaqat davlatning, balki xususiy sektor vakillarining zimmasidagi mas`uliyatdir. Ekspertlarning fikricha, xavfsizlik nuqtai nazaridan sayyohlarning shaxsi xususidagi ma`lumotlarni to’plash maqsadga muvofiqdir. Sayohatga otlanayotganlar kim ekanini ham bilish foydalidir. Shunda sayohat bexavotir o’tadi.

Bundan tashqari, JST Xal­qaro turizm yilida sayyohlikni targ’ib qilish, uning jahon hamjamiyati iqtisodiyotiga qo’shayotgan hissasini ommaviy axborot vositalarida yoritish, turli mamlakatlar aholisi o’rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilashga e`tibor qaratishga chaqirmoqda. Shuningdek, har bir inson o’zini sayyoh sifatida his qilib, Ona sayyoramizning go’zal, betakror tabiati, madaniy, tarixiy va tabiiy yodgorliklarini o’rganishi, ularni asrab-avaylashga o’z hissasini qo’shishi muhimligi aytilmoqda.

Umuman olganda, sayohat istagida bo’lganlar juda ko’p. Ular ayrim salbiy omillar tufayli o’z qarorini o’zgartirishga majbur bo’lmoqda. Shuning uchun ham joriy yilda turizm targ’ibotini yanada kuchaytirish, davlatlar o’z turis­tik salohiyatini namo­yish etishi maqsadga muvofiqdir. Zero, so’nggi yillarda sayyohlik rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch sifatida muhim tarmoq ekanini tobora kengroq namoyon etmoqda.

 

Internet materiallari asosida Rufat NE‘MATOV tayyorladi.

Teglar:

Foydali havolalar