(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Chilla

Jamiyat
Dekabr30/ 2017

Bir do’stimiz uylandiyu, kechki o’tirishlarga qatnashmay qo’ydi. Sababini so’rab yo’qlab borsak, «chillam o’tib olsin, hamma yig’inlarda qatnashaman, ammo hozir bobom shomdan keyin uydan chiqishimga ruxsat bermayapti», – dedi boshini qashib. Hali bunaqa gapning mag’ziga yetmay, ikki-uch oshna, «bobongni chaqir, o’zimiz ruxsat olamiz», deb, uyiga kirdik. Olim bobo bilan salom-alik qilgach, maqsadimizni bilib, har doimgidek, tomoq qirib oldi-da, biroz jilmayib, nasihatini boshladi.

 

– Chilla saqlash sharqona sog’lom turmush tarziga xos bo’lgan an`analardan biri, – dedi bizga bir-bir qarab. – U asosan, yosh kelin-kuyovlar, yangi tug’ilgan chaqaloq va uning onasi uchun qo’llanadi. Kelin-kuyovning «chilla» davrida ikki yosh shomdan ke­yin ko’chada yurmasligi, doim pokiza yurishi kerak.

Olim boboning gaplarini tinglab, mavzuga qiziqib ketdik. Suhbat asnosida otaxondan boshqa chillalar, xususan, «yoz chillasi» va «qish chillasi»ning mazmuni haqida so’radik.

– Ha, yoz va qish oylarida ham «chilla» davri bor, – dedi bobo kulib. – Yoz chillasida kun juda issiq bo’lgani uchun jaziramadan saqlanish, quyuq va kuchli taomlarni kamroq yeyish, suyuq taomlar iste`mol qilish tavsiya etiladi. Chunki bu davrda baland harorat ta`sirida qonning quyuqlashishi kishilarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yoz chillasida ekinlarga ham alohida parvarish kerak. Bu paytda sug’orilgan ekin mo’l hosil beradi. Ko’pni ko’rgan bobodehqonlarimiz «Chilla suvi – tilla suvi» deb bejiz aytmagan. «Qish chillasi»da esa shamollashning oldini olish maqsadida suyuq va ko’p kaloriyali taomlar bilan oziqlanish, sovuqdan saqlanish kerak…

Olim bobo bilan bo’lgan bu suhbatimizga 7-8 yil bo’lib ketdi. Yaqinda bir shifokor tanishim bilan suhbatlasha turib, yana shu voqea yodimga tushdi. U Ona va bola uchun dastlabki qirq kunlik vaqt yangi dunyoga kelgan go’dakning tashqi muhitga moslashishida eng muhim davr ekanini aytib qoldi.

Sababi, bunday «chilla» davrida ona tug’uruq davomidagi charchoqlarini yozib olishi, to’yimli, vitaminlarga boy ovqatlar iste`mol qilishi natijasida o’z organizmini qayta tiklash hamda go’dagiga ko’proq e`tibor berish imkoniga ega bo’ladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan yangi tug’ilgan chaqaloq va onasi yotgan xonaga hammaning kirishi mumkin emas. Chunki chaqaloq ona qornidan to bu dunyoga ko’nikishi uchun ma`lum vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqtda turli virus va infeksiyalarga ta`sirchan bo’lib, har xil kasalliklarni yuqtirib olishi ehtimoli yuqori bo’ladi.

Shuni ham aytish kerakki, keyingi paytlarda «chilla»ning turli shakllarini o’ylab topib, bid`at va xurofotga yo’l qo’yayotganlar ham uchrab turibdi.

– Ba`zilar ta`ziya bo’lgan xonadonda ham «chilla» saqlash kerak, deb adashadi, – deydi «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o’g’li. – Ba`zi joylarda musibatxonalarda qirq kungacha tuxum yeyilmaydi, televizor ko’rilmaydi. Ma­yit yuvilgan xonaga qirq kungacha pilik yoki sham yoqib qo’yish odati bor. Shariatimiz ta`limoti vafot etgan kishi dafn qilingan kunidan boshlab uch kunga qadar aza (motam) tutishga ruxsat beradi. Shu kunlari janozaga kela olmaganlar keyinroq kelib vafot etgan kishining yaqin qarindoshlariga ta`ziya bildirishi mumkin. Shuning uchun ham shariat hukmlarini yaxshi bilmasdan turib, turli irimlarni deb insonlarning qalbiga ozor berish odobdan emas. Shuningdek, keyingi vaqtda Haj va umraga borib kelayotganlar orasida ham «chilla» saqlanishi kerak degan yangi bid`at paydo bo’la boshladi. Aslida esa Haj yoki umraga borib kelganlar «chilla» saqlash emas, balki yaxshi amallarni ko’paytirib, ibratli hayot kechirishga harakat qilishi lozim.

Maqolani yakunlarkanman, Olim boboning yana bir gapi yodimga tushadi. «Bunaqa an`ana va qadriyatlar bekordan-bekorga paydo bo’lmaydi, – degandi u o’shanda. – Odamlarni ezgulikka, poklikka, sog’lom turmush tarziga, faqat yaxshi fazilatlarini kamol toptirishga xizmat qilishi uchun necha ming yillar davomida sayqallanib, hayotning yozilmagan qonuniyatiga aylanib qoladi. Faqat buni noto’g’­ri talqin qilmasdan, boricha asrash, kelajak avlodlarga yetkazish kerak».

 

Bekzod JOVLIEV

Foydali havolalar