(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi: keyingi besh yilda bizni nimalar kutadi?

  • 2303
  • 2303
Jamiyat
Dekabr30/ 2017

Ayni kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi» loyihasi keng jamoatchilik, mutaxassislar va ekspertlar tomonidan qizg’in muhokama qilinmoqda. Umumxalq e`tiboriga taqdim qilingan Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq, iqtisodiyot tizimini isloh qilish, ijtimoiy sohani rivojlantirish kabi muhim yo’nalishlarni qamrab oladi.

Svetlana ORTIQOVA,
Oliy Majlis Senati raisining o’rinbosari:
– Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda va`da berganidek, mamlakatimizda qabul qilinadigan har bir huquqiy hujjat keng xalq muhokamasiga taqdim etiladi. Shu kunlarda keng jamoatchilik vakillari, fuqarolarimizning O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakat strategiyasi loyihasi yuzasidan takliflari, fikrlari o’rganilmoqda. Mazkur dastur 5 ta muhim yo’nalishni o’z ichiga oladi. Unda Parlament faoliyatiga oid ham qator yangiliklar nazarda tutilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis qoshida Vazirlar Mahkamasi vakili institutini joriy etish tashabbusi ilgari surilyapti. Mazkur tizimning xalqaro mexanizmlari, tajribasi o’rganilmoqda. Bu institut qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining samarali ijrosini ta`minlash, ijro hokimiyati mexanizmlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Akmal SAIDOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi raisi:
– Aytish joizki, mazkur dasturning alohida bandi jamiyatda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish masalalariga bag’ishlangan.
O’zbekistonda davlatning ayrim vakolatlari bosqichma-bosqich nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga berib borilmoqda. Hozirgi kunda 50 dan ortiq qonunda NNTning jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolat va huquqlari belgilab berilgan. Biroq jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan yaxlit qonun yo’qligi, uning mexanizmlari, ushbu turdagi nazoratning predmeti, shakl va uslublari hamda sub`ekt va ob`ektlari aniq belgilab berilmagani sababli jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda bir qator muammolar mavjud. «Jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi qonun loyihasida jamoatchilik nazoratining sub`ektlari, ob`ektlari, mavzusini, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, fuqarolar, fuqarolik institutlari, shuningdek, davlat organlarining ushbu sohadagi huquqlari va majburiyatlar qonunchilik yo’li bilan belgilab qo’yiladi.

Nodirbek MUXTOROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
– Ayni paytda mamlakatimizda 18 ming 300 ta normativ huquqiy hujjat asosida ish yuritiladi. Ularning katta qismini, ya`ni 2 ming 704 tasini idoraviy hujjatlar tashkil etadi. 400 tasi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hisoblanadi. Shundan ham ko’rinib turibdiki, ijro hokimiyatining asosiy faoliyat tartibi qonunlarga emas, idoraviy hujjatlarga asoslanadi. Harakatlar strategiyasi loyihasida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining hayotiyligini oshirish va ijrosini takomillashtirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ekspertlardan iborat axborot tahliliy bo’limlar faoliyati yo’lga qo’yilishi taklifi berilmoqda. Bu tuzilma qonun ijodkorligi jarayonini yetarli va asosli axborot bilan ta`minlash, xalqaro tajribani muvaffaqiyatli, tahliliy nuqtai nazardan joriy etish bilan shug’ullanadi.

Sherzod ZULFIQOROV,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri:
– Harakatlar strategiyasi haqidagi farmon loyihasining keng muhokamaga qo’yilishi xalq bilan muloqotning yangi bosqichini boshlab berdi, desam, mubolag’a bo’lmaydi. Bu dastur barchamizning taqdirimizga daxldor. Boisi unda O’zbekistonning keyingi besh yildagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo’nalishlari bayon etilgan. Prezidentimiz buni keng jamoatchilik muhokamasiga havola etmoqda. Fuqarolar tanishsin, o’z fikrini, taklifini, kerak bo’lsa, tashabbusini bayon etsin, deb imkoniyat bermoqda. O’z taqdirini Vatani kelajagi bilan uyg’un tasavvur qila oladigan har bir shaxs bu muhokamada faol ishtirok etishi, o’z nuqtai nazarini bayon etishi lozim. Chunki bu strategiya va uning asosida qabul qilinadigan hujjatlar, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bizning ertangi kelajagimizni yaratadi.

Krista PIKKAT,
YuNYeSKOning O’zbekistondagi
vakolatxonasi rahbari:
– Harakatlar strategiyasining ommaviy debatlar uchun ochiqligi yana bir muhim jihat hisoblanadi. O’ylaymanki, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va butun jamiyatdagi hamkorlar o’z ovoziga ega bo’lishi, shuningdek, shaxsiy g’oyalar kiritish va bunda mas`uliyatni his qilish uchun imkon berish kuchli fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biridir. Dastur muhokamasi uchun O’zbekiston ommaviy axborot vositalari hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan muloqot maydoni tashkil etilganini ham yuksak baholayman. O’ylashimcha, bu ham OAVning ta`sirchanligini oshiradi.

Sherzod ShYeRMATOV,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari:
– Muhokamalar Internet tarmog’ida ham qizg’in kechmoqda. Buning uchun maxsus sayt ishga tushirildi. Harakatlar strategiyasi loyihasi bilan yaqinroq tanishish va unga o’z shaxsiy fikrini, munosabatini bildirish uchun fuqarolarimiz regulation.gov.uz saytiga murojaat qilishlari mumkin. Saytga loyihaning to’liq matni va unga nisbatan fuqarolar bildirayotgan fikr-mulohazalar joylashtirilgan. Onlayn muloqot orqali amalga oshirilayotgan har bir murojaat qayd etiladi va rasmiy inobatga olinadi.

Jamshid QO’ChQOROV,
moliya vazirining birinchi o’rinbosari:
– Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo’nalishida iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o’sish sur`atlarini saqlab qolish kabilar alohida qayd etilgan. Shuningdek, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish vazifalari belgilangan. Bu nimadan dalolat beradi? Yaqin besh yilda mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o’sishi uchun zarur tadbirlar belgilanmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq aholisi uchun yangidan-yangi ish joylarini tashkil etishga e`tibor kuchaytirilmoqda.
Bu jarayonda moliya va bank tizimida yangi innovatsiyalar qo’llanadi, xalqaro tajribaning eng amaliy usullarini joriy etish nazarda tutilgan.

Harakatlar strategiyasi loyihasi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo’nalishlarini belgilab berayotgan hujjat sifatida muhokama etilmoqda. Bu jarayonda faol ishtirok etish har bir O’zbekiston fuqarosining mas`uliyati, fuqaroviy burchidir.

Munisa ShODIEVA

Teglar:

Foydali havolalar