(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Toshshahartransxizmat»da nima yangilik?

Jamiyat
Dekabr30/ 2017

2016 yil davomida «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 272 milliondan ortiq yo’lovchi o’z manziliga yetkazildi. Hozirda 6192 nafar xodim faoliyat ko’rsatayotgan 32 ta yirik va kichik korxonadan iborat jamiyat faoliyati doirasi aholi ehtiyojiga qarab yildan-yilga kengayib bormoqda.

«Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan Toshkent shahar hokimligida o’tkazilagan matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda poytaxtimizdagi 20 dan ortiq oraliq bekatlarga elektron axborot tablolari o’rnatildi. Sutka davomida uzluksiz ishlaydigan mazkur axborot tabloda avtobuslarning bekatga necha daqiqada kelish vaqti «on-layn» rejimida ko’rsatilgan. Shuningdek, tablodan avtobus yo’nalishi raqami, bekat nomi, valyuta kursi hamda Toshkent shahridagi ob-havo ma`lumotlari ham o’rin olgan. Joriy yil so’ngigacha bunday tablolar sonini 100 tadan oshirish rejalashtirilgan.
Tadbir davomida sohada uchrayotgan kamchilik va muammolar ham tahlil etilib, tez orada bartaraf etilishi ma`lum qilindi.

Gulmira ChINNIQULOVA

Foydali havolalar