(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Ulug‘ yo‘lboshchiga ehtirom

Jamiyat
Dekabr30/ 2017

Samarqandda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy merosini targ’ib qiluvchi targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

 

Mamlakatimiz hayotida istiqlol yillarida erishilgan barcha olamshumul yutuq va natijalar buyuk davlat va siyosat arbobi, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, xalqimizning sevimli farzandi Islom Abdug’aniyevich Karimov nomi hamda faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq ayni paytda Samarqand viloyatining barcha shahar va tumanlarida bo’lib o’tayotgan tadbirlarda bu haqda batafsil so’z yuritilmoqda.
Jumladan, Samarqand davlat universitetida o’tgan uchrashuvda talaba-yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ulug’ yo’lboshchi tahsil olgan Samarqand shahridagi 21-maktabda o’tkazilgan tadbirda Birinchi Prezidentimiz rahnomoligida mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida ulkan o’zgarishlar amalga oshirilgani, xalqimiz hayotiga demokratik islohotlarni joriy etish borasida buyuk taraqqiyot yo’li bosib o’tilgani e`tirof etildi.
Tadbir davomida targ’ibot guruhi a`zolari «Maktab tarixi muzeyi»ga tashrif buyurishdi. Ishtirokchilar Birinchi Prezidentimiz tahsil olgan yillar, rahbarlik faoliyati davrini aks ettiruvchi 30 dan ziyod eksponatni tomosha qildi.
– Mamlakatimiz mustaqilligining asoschisi bo’lgan Islom Karimov bir paytlar bizning maktabimiz o’quvchisi bo’lganligi menga cheksiz g’urur bag’ishlaydi, – deydi maktab o’quvchisi Amira Abdusalomova. – Shuning barobarida bu bizga yaxshi ta`lim tarbiya olish, Vatanimizga ulug’ bobomiz aytganidek munosib farzand bo’lish mas`uliyatini yuklaydi.
Buyuk yo’lboshchini yodga olish tadbirlari korxona, tashkilotlar, muassasalar va mahallalarda ko’tarinki ruhda davom etmoqda.

Shuhrat QARShIEV,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar